Tramp katta mojarolarga sabab bo'layotgan kitobga munosabat bildirdi

648

AQSh prezidenti Donald Trampning ma`lum qilishicha, Maykl Vulfning «Olov va g'azab: Trampning Oq uyida» kitobi «yolg'onga to'la». Bu haqda u tvitterdagi sahifasida yozdi.

«Men soxta kitob muallifiga Oq uyga kirishni taqiqlab qo'ydim. Aslida men unga bir necha marta rad javobini berganman! Men u bilan kitob haqida hech qachon gaplashmaganman. Bu kitob yolg'on, soxta ma`lumotlar va umuman yo'q bo'lgan manbalardir», – deya yozdi Tramp.

Eslatib o'tamiz, avvalroq WSJ Maykl Vulfning ushbu kitobiga tayangan holda Tramp sobiq maslahatchisi Ivankani «befahm g'isht» deb atagani haqida xabar bergandi.

Boshqa xabarlar