2018 yilda propiska bilan bog'liq cheklovlar bartaraf etiladi

211

2018 yilda mavsumiy​ ishlarga jalb qilinganlar uchun uy-joy ijarasi, uy-joydan tekin foydalanish bitimini tuzish talabini bekor qilinishi kutilmoqda. Bu haqda  9 yanvardan umumxalq muhokamasiga taqdim etilgan «Faol tadbirkorlik, innovasion g'oyalar va texnologiyalarni qo'llab-quvvatlash yili» davlat dasturi loyihasida ​ma`lumqilingan.

Dastur loyihasida yozilishcha, joriy yilning 20 martiga qadar mavsumiy ishlarga jalb qilinganlarni vaqtinchalik ro'yxatga olish tizimini soddalashtirish tadbiri amalga oshirilishi belgilangan. Shuningdek, fuqarolarning o'z turar joylarida pasportsiz, propiskasiz yoxud turgan joyi bo'yicha hisobda turmagan shaxslar yashab turishiga yo'l qo'yganlik uchun javobgarlikni yengillashtirish shartlari qonun bilan ko'rib chiqilmoqda.

2018 yilda fuqarolik pasportini olish, ta`lim olish, mehnat qilish va boshqa konstitusiyaviy huquqlarni amalga oshirishda propiska bilan bog'liq cheklovlarni bartaraf qilish  nazarda tutiladi.

Boshqa xabarlar