Shavkat Mirziyoev yana boshqa sobiq vazirni qattiq tanqid ostiga oldi

219

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 10 yanvar kuni Prezident huzuridagi Xavfsizlik Kengashining navbatdagi yig'ilishida nutq qilib, sobiq Mudofaa vaziri Qobul Berdievni qattiq tanqid ostiga oldi. Bu haqda «​O'zbekiston 24»​ telekanali efirga uzatgan lavhaga asoslanib Kun.uz muxbiri xabar berdi.

Ma`lum qilinishicha, Q.Berdiev boshqaruvida bo'lgan Mudofaa vazirligi ko'p xato va kamchiliklarga yo'l qo'yib kelgan.

«Sen menga teginma, men senga teginmayman tarzida ishga salbiy munosabat paydo bo'lgandi. Bunga bevosita o'sha davrda mudofaa tizimi rahbarlik qilgan Berdiev aybdor, deb bilaman. U mutlaqo keraksiz qog'ozbozlikka berilib ketgandi, harbiy kadrlarni tayyorlash masalasiga esa e`tiborsiz bo'lib keldi. Vazirga (sobiq vazir Berdiev nazarda tutilmoqda – tahr.) berilgan baho, butun tizimi, Xavfsizlik Kengashiga berilgan baho, hisoblanadi», deb ta`kidlagan Shavkat Mirziyoev.

Yig'ilishda Mudofaa vaziri Abdusalom Azizov taklifiga binoan vazirning ikkita o'rinbosari, rahbarlik lavozimidan so'ng, Qurolli Kuchlar Akademiyasi rahbari etib tayinlangan Qobul Berdiev, shuningdek, Chirchiq Oliy harbiy bilim yurti rahbari ishdan bo'shatilgani ma`lum qilindi.

«Ayni paytda o'z ishida kamchilikka yo'l qo'yib kelgan qirqqa yaqin harbiylarning tizimdan chiqarilgani, 36 nafar harbiyning lavozimi pasaytirilgani nimadan darak beradi? Birinchi navbatda, bu harbiy kadrlar salohiyatini aniq reyting asosida baholash tizimi yo'qligini bildiradi. Hammasi zo'r, hammasi yaxshi… Nimasi zo'r? Bunday savolga esa javob yo'q», deb fikr bildirgan prezident.

Shavkat Mirziyoev ta`kidlaganidek, «bugun tarixiy kun, hech qachon bunday ochiqchasiga» suhbatlar bo'lmagan. Hattoki, Prezident huzuridagi Xavfsizlik Kengashining yig'ilishlari haqida hech qachon ommaga OAV orqali batafsil ma`lumotlar berilmagan.

Boshqa xabarlar