Vatan himoyasi — sharafli va mas`uliyatli burch

722

Prezidentimizning 2017 yil 7 dekabrdagi «O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil topganligining 26 yilligi va Vatan himoya­chilari kuni bayramiga tayyorgarlik ko'rish va uni o'tkazish chora-tadbirlari to'g'risida»gi farmoyishi ijrosini ta`minlashda respublika kasaba uyushmalari ham faol ishtirok etayapti.

xususan, mehnat jamoalarida kasaba uyushmalari tomonidan «Milliy armiya­miz — yoshlarning mardlik, matonat va jasorat maktabidir» mavzusida «Ma`naviyat soatlari» tashkil etildi. Shuningdek, yoshlarni ona yurtga muhabbat ruhida tarbiyalash, ularda jasurlik va fidoyilik kabi fazilatlarini shakllantirishga qaratilgan «Milliy armiyamiz yoshlarimiz qalbida sadoqat, jasorat, matonat tuyg'ularini mustahkamlovchi hayot maktabidir», «Vatanni himoya qilish — sharafli, oliyjanob va mas`uliyatli burch», «Milliy armiya bayrami — mening bayramim!», «Qurolli Kuchlarimizning fuqarolik jamiyatidagi o'rni va roli» mavzularida davra suhbatlari, uchrashuv va madaniy-ma`rifiy tadbirlar o'tkazildi.
Hududiy kasaba uyushma tashkilotlari birlashmalari joylardagi harbiy qismlarda uchrashuv, madaniy-ma`rifiy tadbirlar tashkil etib, harbiy qismlar va harbiy xizmatchilarga bayram sovg'alari topshirishdi.
Buxoro, Jizzax, Namangan, Farg'ona, Xorazm viloyatlarida «O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari — yurt tinchligi va xavfsizligining kafolatidir» mavzusida tadbirlar uyushtirildi.
Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan o'tkazilayotgan qator ommaviy tadbirlarni tashkil etish, harbiy xizmatchilarni rag'batlantirish, halok bo'lgan harbiylar oilalariga yordam ko'rsatish, ularning farzandlarini qo'llab-quvvatlashda ham kasaba uyushmalari faol qatnashdilar.
Jizzax viloyat kasaba uyushma tashkilotlari birlashmasi kengashi tomonidan Baxmal tumanidagi harbiy qism harbiy xizmatchilari va ularning oila a`zolari uchun tantanali bayram dasturi tashkil etildi. Shuningdek, Mudofaa vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi tarkibida viloyatda bir guruh madaniyat, adabiyot va san`at namoyandalaridan iborat targ'ibot guruhi tomonidan o'tkazilgan tadbirlarda ishtirok etildi.
Jizzax oliy harbiy aviasiya bilim yurti, chegara postlari, shuningdek, viloyatdagi harbiy qismlarda Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan «Biz sizga ishonamiz va faxrlanamiz» shiori ostida san`atkorlar, yozuvchi va shoirlar ishtirokida ma`naviy-ma`rifiy tadbirlar bo'lib o'tdi. Ularda 14 987 nafar harbiy va ularning oila a`zolari qatnashdi. Harbiy xizmatni namunali o'tayotgan askarlarga esdalik sovg'alari topshirildi.
Bundan tashqari, viloyatdagi harbiy qismlarda xizmat qilayotgan ofiserlarning farzand­lari uchun teatrlashtirilgan bayram tadbirlari uyushtirilib, sovg'alar taqdim qilindi.

O'zbekiston kasaba uyushmalari
Federasiyasi Kengashi
Matbuot xizmati

Boshqa xabarlar