Huquqiy savodxonlik sari

614

Prezidentimizning «O'zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi qabul qilinganligining yigirma besh yilligi munosabati bilan avf etish to'g'risida»gi hamda «2018 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo'shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko'chirish to'g'risida»gi farmonlari mazmun-mohiyatini kasaba uyushma faollari orasida keng targ'ib qilish maqsadida Sog'liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi tomonidan qo'mita raislari hamda hisobchilar uchun o'quv-seminar tashkil etildi.
O'quv-seminarda tarmoq xodimlari kasaba uyushmasi Res­publika kengashining mehnat muhofazasi bo'yicha bosh mutaxassisi Z.Aliev, ijtimoiy himoya masalalari bo'yicha bosh mutaxassisi O.Adilov, mas`ul tashkilotchi Z.Ataxo'jaev hamda yuristkonsult H.Qo'chqorov mamlakatimizda inson manfaatlarini himoyalash, mehr-oqibat, insonparvarlik hamda mehnat ahlining mazmunli dam olishini ta`minlash uchun yaratilayotgan sharoitlarni atroflicha sharhlab berdilar. Seminar ishtirokchilarining savollariga malakali mutaxassislar tomonidan javob qaytarildi.

O'z muxbirimiz

Boshqa xabarlar