Afg'oniston Prezidentining milliy xavfsizlik bo'yicha maslahatchisi Toshkentga keladi

324

Bugun, 9 fevral kuni Afg'oniston Islom Respublikasi Prezidentining milliy xavfsizlik masalalari bo'yicha katta maslahatchisi Muhammad Hanif Atmar boshchiligidagi delegasiya Toshkent shahriga amaliy tashrif bilan keladi. Bu haqda TIV axborot xizmati xabar berdi.

Tashrif dasturiga ko'ra, Hukumat, Tashqi ishlar vazirligi va boshqa davlat tuzilmalarida uchrashuv va muzokaralar o'tkazish rejalashtirilgan, shuningdek, «Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sherikchilik» nomli Afg'oniston bo'yicha xalqaro konferensiyani Toshkent shahrida o'tkazishga tayyorgarlik ko'rishning amaliy masalalarini muhokama qilish kutilmoqda.

Boshqa xabarlar