Yo'lmi yo ko'l?

245

«Yoshlik» talabalar shaharchasi poytaxtimizning gavjum va fayzli maskanlaridan. Bu yerdagi muhit, yoshlar uchun yaratilgan sharoitlar ko'zni quvontiradi. To'rtta oliy o'quv yurtiga tegishli talabalar turar joylari ko'rkam va tartibli. Bundan tashqari, hududda uchta yirik usti yopiq suzish havzasi, oltita yopiq sport majmuasi faoliyat ko'rsatadi. Qolaversa, savdo rastalari, kompyuter klub­lari, yemakxona va hokazolar talabalar xizmatida.

Ammo hududdagi mavjud kamchiliklardan ham ko'z yumib bo'lmaydi. Gap «Beruniy» metro bekatidan shaharcha markaziga boruvchi asosiy piyodalar yo'lagi haqida ketmoqda. Talabalar va aholi uchun muhim ahamiyat ega ushbu yo'lak yomg'irli kunlarda ko'llab ketsa, yoz mavsumida chang-tuproqli yo'lga aylanadi. Shu tufayli ba`zan uzoq bo'lsa-da, asosiy avtomobil qatnovi yo'li bo'ylab harakatlanishga to'g'ri keladi. Aks holda, ko'lmaklar uzra sakrab yoki yo'lak yonidagi yolg'izoyoq yo'l bo'ylab yurishdan boshqa chora qolmaydi. Yo'lovchilarga noqulaylik tug'dirayotgan holatga necha yildirki, e`tiborsiz qaralmoqda. Chetdan qaraganda, katta muammodek ko'rinmasa-da, bunday manzara chiroyli va ozoda shaharchaga yarashmasligi aniq…

 

Sirojiddin O'SAROV

Boshqa xabarlar