Janubiy Koreya Prezidenti O'zbekistonga keladi

245

Janubiy Koreya prezidenti Mun Chje In O'zbekistonga tashrif buyuradi, deb xabar beradi “Xalq so'zi”. Koreya Respublikasining O'zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Kvon Yon U Toshkent shahrida ochilgan O'zbekiston – Koreya Respublikasi biznes forumida bu haqda ma`lum qilgan.

Elchining ta`kidlashicha, aynan hozir Janubiy Koreya koorporasiyalari O'zbekiston bilan hamkorlikni jiddiy olib borishi kerak. U mazkur biznes-muloqot doirasida tomonlar ko'plab amaliy natijalarni qo'lga kiritishlariga umid bildirdi.

O'z ishini boshlagan biznes forumda 60 ga yaqin xorijlik mehmonlar ishtirok etayapti. Janubiy Koreya delegasiyasiga ushbu mamlakat bosh vaziri o'rinbosari, moliya vaziri Kim Dong Yon  boshchilik qilayapti.

Boshqa xabarlar