Xayr AVTOTEST! avtotest monopoliyasi tugatilishi mumkin

32

Bugun, Huquqiy islohotlar, qonunlar, Prezidentimiz, Hukumatimiz tomonidan imzolangan qonun hujjatlari haqida – O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” telegram kanalida «Avtotest» MChJning monopol huquqlarini bekor qilish bo'yicha Hukumat qarori loyihasi tayyorlanayotgani haqida axborot tarqaldi. Bu haqda dia.uz nashri xabar bermoqda

Adliya vazirligi tomonidan avtotransport vositalari haydovchilarini tayyorlash va malakasini oshirish bo'yicha «Avtotest» MChJning monopol huquqlarini bekor qilish bo'yicha Hukumat qarori loyihasi tayyorlanmoqda.

Loyihada haydovchilarni tayyorlash va malakasi oshirish faoliyati bilan shug'ullanish huquqini qonunchilikda belgilangan talablarga javob beradigan barcha xo'jalik yurituvchi sub`ektlarga berish ko'zda tutilmoqda.

Shuningdek, yuridik shaxslarga tegishli avtotransport vositalari haydovchilariga o'rnatilgan malaka oshirishga oid talabni qisman bekor qilish masalasi ko'rilmoqda. Davriy ravishda haydovchilik malakasini oshirish talabini faqat tijorat sifatida yo'lovchi va yuk tashish bilan shug'ullanuvchi shaxslarga nisbatan qoldirish taklif qilinmoqda.

Boshqa xabarlar