Qars ikki qo'ldan

620

Safimizdagi 12 ta sex tashkilotlariga birikkan salkam 400 nafar a`zoning ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy manfaatlarini himoya qilishda «Termiz xalqaro aeroporti» DUK rahbariyati bilan 2017 – 2021 yillarga ­mo'ljallab qabul qilingan jamoa shartnomasi qo'l kelmoqda. Kasaba uyushma qo'mitasi faoliyatini yanada kengaytirishda ijtimoiy sherik­lik munosabatlari muhim rol o'ynayotir.

Ish haqi, pensionerlarimiz hamda yosh farzandi bor ayollarimizga tegishli nafaqa pullari belgilangan muddatda berilayapti. Vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik varaqalariga to'lanadigan nafaqa, xizmat safari xarajatlari, birinchi marotaba nikohdan o'tayotgan yoshlarga moddiy yordam, oilasida farzand tug'ilganda belgilab ­qo'yilgan bir martalik suyunchi pullarida ham uzilishlar yo'q. Halol va ­vijdonan mehnat qilgan xodimlarni rag'batlantirish ­doimo diqqat markazimizda.
Muhimi, samarali mehnat uchun zarur bo'lgan shart-sharoitlar me`yoriy hujjatlar orqali kafolatlab qo'yilgan. Jumladan, yuvinish-­kiyinish xonalari qaytadan rekonstruksiya qilinib, yangi sanitariya-texnika uskunalari bilan ta`minlandi, dam olish xonalari talab darajasiga keltirildi.
Sex kasaba uyushma guruhlarimiz yetakchilarining sportni rivojlantirish borasidagi ­sa`y-harakatlari, ayniqsa, tahsinga loyiq. Musobaqa sovrindorlari munosib taqdirlanmoqda. Har bir bayramda sohada ishlab, nafaqaga chiqqan nuroniylar, ish vaqtida jarohat olib kasb kasalligiga chalingan safdoshlarimiz, kam ta`minlangan oilalar holidan xabar olinib, beminnat yordam ko'rsatib kelinmoqda.
Jamoamizda turizmga e`tibor tobora ortib bormoqda. O'tgan yilda a`zolarimizdan 50 nafari qadimiy va nav­qiron Samarqandda, yana 50 nafari viloyatimizdagi ulug' allomalar Al-Hakim at-Termiziy hamda Imom Iso at-Termiziy maj­mualarida bo'lishdi. Ishchilarning bolalarini oromgohlarda dam oldirish, xodimlarga sog'ligini tiklash uchun sihatgohlarga yo'llanmalar berish, ularning oliy o'quv yurtlarida to'lov shartnomasi asosida o'qiyotgan farzandlariga ko'maklashish alohida e`tiborda. Darvoqe, jamoamizda ishlovchi 65 nafar xotin-qizga jamoa shartnomalarida qator imtiyozlar belgilangan bo'lib, xususan, qaramog'ida yosh bolalari bor ayollarimizning ish vaqti bir soatga qisqartirilgan.
Tajriba shuni ko'rsatmoqdaki, a`zolarni ijtimoiy himoyalash borasidagi samarali faoliyat ish unumdorligi ortishiga xizmat qilmoqda.

Ziyoviddin NAJMIDDINOV,
«Termiz xalqaro aeroporti» DUK kasaba uyushma qo'mitasi raisi

Boshqa xabarlar