«Yilning eng faol yosh mutaxassisi» respublika tanlovi o'tkazilmoqda

258

O'zbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasi qator tashkilotlar bilan hamkorlikda yoshlarning
har tomonlama yetuk mutaxassis bo'lib kamol topishga bo'lgan intilishlarini qo'llab-quvvatlash maqsadida «Yilning eng faol yosh mutaxassisi» tanlovini e`lon qiladi.

Tanlovda kasaba uyushmasiga a`zo turli sohalarda faoliyat yuritayotgan 35 yoshgacha bo'lgan yosh mutaxassislar «Eng faol yosh bank xodimi», «Eng faol yosh ipakchilik sanoati xodimi», «Eng faol yosh ichki ishlar xodimi», «Eng faol yosh quruvchi», «Eng faol yosh olim», «Eng faol yosh tarbiyachi», «Eng faol yosh transportchi», «Eng faol yosh fermer», «Eng faol yosh shifokor», «Eng faol yosh aviaxodim», «Eng faol yosh geolog», «Eng faol yosh dasturchi», «Eng faol yosh kimyogar», «Eng faol yosh konchi», «Eng faol yosh mashinasoz», «Eng faol yosh metallurg», «Eng faol yosh neftgaz sanoati muhandisi», «Eng faol yosh temiryo'lchi», «Eng faol yosh elektrotexnik», «Eng faol yosh energetik» yo'nalish-nominasiyalari bo'yicha ishtirok etishi mumkin. Talabgorlar tanlov nominasiyasi nomini ko'rsatgan holda o'zi mehnat qilayotgan korxona kasaba uyushmasi qo'mitasiga tegishli hujjatlarni taqdim qiladi.
Tanlov uch bosqich, ya`ni korxona, tashkilot va muassasa (tuman, shahar)lar, Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri hamda respublika bosqichida tarmoqlar miqyosida o'tkaziladi.
«Yilning eng faol yosh mutaxassisi» tanlovi g'oliblari orasidan saralangan mutaxassis, ya`ni yangi ishlanma va loyihalariga ega bo'lgan, loyihasi samarasi mamlakatimiz iqtisodiyotiga hissa qo'shadigan, ijtimoiy-siyosiy faol bir nafar yosh mutaxassis kasaba uyushmalarining granti bilan taqdirlanadi. Tanlovda har bir yo'nalish bo'yicha g'oliblar O'zbekis­ton kasaba uyushmalari Federasiyasi hamda boshqa tashkilotlarning diplom va esdalik sovg'alari bilan mukofotlanadi.
G'oliblarga mukofotlar joriy yilning avgust ­oyida tashkil etiladigan «Yosh mutaxassislar» V respub­lika forumida tantanali ravishda topshiriladi.

Tanlov haqidagi ma`lumotlar bilan O'zbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining internet tarmog'idagi www.kasaba.uz portali orqali tanishishingiz mumkin.
Murojaat uchun telefonlar:
(+998 71) 252-78-39, 256-76-57.

Boshqa xabarlar