Burgutlar — yoshlik va do'stlik elchisi…

186

Ichki ishlar vazirligi akademik liseylari o'rtasida «Burgutlar» harbiy-sport musobaqasining birinchi hududiy bosqichi ko'hna va boqiy Buxoro shahrida bo'lib o'tdi.

Qizg'in kechgan bahslarda Qoraqalpog'is­ton Respub­likasi, Xorazm, Navoiy va Buxoro viloyati jamoalari 9 ta shart bo'yicha kuch sinashdi. O'quvchi-yoshlarni harbiy-amaliy sport musobaqalariga keng jalb etish orqali ularning bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda sport o'yinlariga ommaviy tarzda jalb qilish, sog'lom turmush tarzini targ'ib etish ko'zda tutilgan tadbir g'oyat ko'tarinki ruhda kechdi.
Yakuniy natijalarga ko'ra, IIV Buxoro akademik liseyining «Burgutlar» jamoasi g'olib­likni qo'lga kiritdi. Viloyat IIB boshlig'i polkovnik Sh.Aliev ishtirokchilarni qizg'in tabriklab, ularga diplom, faxriy yorliq va esdalik sovg'alarini topshirdi.
— Yoshlik va do'stlik bayramiga aylanib ketgan musobaqa o'quvchi-yoshlar o'rtasida o'zaro do'stlik, vatanparvarlik rishtalarini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi, — deya ishonch bildirishdi mehmonlar.
Ularga omad tilab, parvozing baland bo'lsin, «Burgutlar» deymiz.

Shahnoza ShARIPOVA,
IIV Buxoro akademik liseyi
kasaba uyushma qo'mitasi raisi

Boshqa xabarlar