Safarga bormayman!

277

Savol: Ish beruvchi meni bir hafta muddatga xizmat safariga yubormoqchi. Bilishimcha, ayollarni «komandirovkaga» jo'natishda ma`lum cheklovlar mavjud. Masalaga oydinlik kiritishda ko'maklashsangiz?

M.SOLIEVA,
Toshkent shahri

Javob: Mehnat kodeksining 228-moddasiga muvofiq homilador ayollar va o'n to'rt yoshga to'lmagan bolasi yoki o'n olti yoshga to'lmagan nogiron bolasi bor ayollarni ularning roziligisiz tungi, ish vaqtidan tashqari, dam olish kunlaridagi ishlarga jalb qilish va xizmat safariga yuborishga yo'l qo'yilmaydi.
Bundan tashqari, o'n olti yoshga to'lmagan nogiron bolasi bor ayolning iltimosiga ko'ra, ish beruvchi tibbiy xulosaga muvofiq unga to'liqsiz ish kuni yoki to'liqsiz ish haftasi belgilashga majbur. Shuningdek, nogiron farzandini tarbiyalayotgan ota-onaning biriga bola o'n olti yoshga to'lgunga qadar bir kunlik ish kuni miqdorida haq to'lagan holda oyiga qo'shimcha bir dam olish kuni, har yili uch ish kunidan kam bo'lmagan muddat bilan qo'shimcha ta`til beriladi va ular ta`tillarni xohishiga ko'ra yoz oylarida yoki o'zlari uchun qulay bo'lgan ­bosh­qa vaqtda olishi mumkin.

Savolga Axborot texnologiyalari va ommaviy
kommunikasiya xodimlari kasaba uyushmasi respublika kengashi bosh yuristkonsulti A.Ahmedov javob berdi.

Boshqa xabarlar