Kutilmagan taassurot

637

 

Samarqand shahriga tashrifning dastlabki qadamlariyoq barcha mehmonlarda katta taassurot qoldirdi. “Afrosiyob” poezdida  kimdir yo'l manzaralaridan zavq olib, xayolga cho'mgancha derazadan boqqan, boshqa birov  ilk tashrifidan hayrat va bir olam taassurot bilan yonidagilarga nimalarnidir jo'shib so'zlamoqda.

Samarqand shahrida esa o'zlarini yana qanday manzara va manzillar kutib turganiga qiziqib turgan mehmonlardan birini suhbatga tortdik.

  • Ochig'i, yurtingiz va uning odamlari haqida men mutlaqo boshqacha tasavvurda edim. O'ziga xos tabiati, kishilarning mehmondo'stligi va samimiyligi menga juda yoqdi, – deydi Malayziya kasaba uyushmalari Kongresi raisi Tan Eng Xong. – Bu mening O'zbekistonga ilk bor tashrifim. Shu bois yurtingizda bunday tezyurar va barcha qulayliklari mavjud poezd borligi meni hayratda qoldirdi. Har besh daqiqada poezd xodimlarining bizdan xabar olib turgani men uchun yangilik bo'ldi. Chunki bu darajadagi sifatli va tezkor xizmat hamma joyda ham uchravermaydi.

Mistr Tanning yurtimiz haqida jo'shib so'zlashi bizga ham faxr-iftixor baxsh etdi. Shu kabi taassurolar bilan manzilga yetib borganimizni ham bilmay qoldik.

 

Boshqa xabarlar