Xalqaro anjuman boshlandi

638

Poytaxtimizda “Harakatlar strategiyasi va kuchli ijtimoiy siyosat: xalqaro amaliyot va O'zbekiston tajribasi” mavzusidagi xalqaro konferensiya o'z ishini boshladi. O'zbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasi tashabbusi bilan o'tkazilayotgan mazkur konferensiyani Federasiya raisi Qudratilla Rafiqov kirish so'zi bilan ochib, xalqaro hamkorlarga konferensiya ishida ishtirok etayotgani hamda tashabbusni qo'llab-quvvatlagani uchun minnatdorlik bildirdi.

Shuningdek, mamlakatimizda 2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasi doirasida davlat va nodavlat notijorat tashkilotlari hamkorligida amalga oshirilayotgan keng ko'lamli ijtimoiy himoya ishlari bilan xalqaro hamjamiyatni tanishtirish bugungi xalqaro konferensiyaning asosiy maqsadi ekanini ta`kidladi.

Boshqa xabarlar