«YILNING ENG FAOL JURNALISTI» tanloviga marhamat!

652

Hurmatli hamkasblar!
O'zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi sizlarni «Yilning eng faol jurnalisti» tanlovida qatnashishga taklif etadi. Tanlovga 2017 yilning 1 iyunidan 2018 yilning 1 iyunigacha gazeta va jurnallarda, internet nashrlarida e`lon qilingan materiallar, efirga uzatilgan teleko'rsatuv va radioeshittirishlar qabul qilinadi.
Materiallar tanlovga tahririyatlar tavsiyasi bilan O'zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasining Qoraqalpog'iston Respublikasi va viloyatlar bo'limlari orqali joriy yilning 5 iyunigacha muallifning ish joyi, telefoni, manzili haqidagi ma`lumotlar va pasport nusxasi ilova qilingan holda taqdim etilishi lozim.
«Yilning eng faol jurnalisti» tanlovi g'oliblari va sovrindorlariga diplom hamda qimmatbaho sovg'alar Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuniga bag'ish­lab 27 iyunda o'tkaziladigan bayram tadbirida topshiriladi.
Materiallar «Yilning eng faol jurnalisti» tanloviga deb ko'rsatilgan holda quyidagi manzilga yuborilishi lozim:

100129, Toshkent shahri,
Navoiy ko'chasi, 30-uy.
O'zbekiston Jurnalistlari
ijodiy uyushmasi
Telefonlar: 244-64-61, 244-37-87.
www.journalist.uz

Boshqa xabarlar