Ehtiyot bo'l, yiqilib tushma!

891

Albatta, bunday o'zgarishlar kishi qalbida g'urur uyg'otadi. Lekin guruch kurmaksiz, gul tikansiz bo'lmaganidek, ulkan bunyodkorliklar jarayonida ayrim xato-kamchiliklar ham ko'zga tashlanmoqda.
Kasaba uyushmalari tashkilotlarida mehnatni muhofaza qilish bo'yicha amalga oshirilayotgan ishlar va navbatdagi vazifalar to'g'risida kengash majlisi hisobotida ma`lum qilinishicha, o'tgan yil mobaynida 197 ta baxtsiz hodisa ro'y bergan. Ularning ba`zilari o'lim bilan yakunlangani yanada achinarli. Ish beruvchilar va xodimlarning ishga mas`uliyat bilan yondashmagani oqibatida bu kabi holatlar yuzaga kelgan.

 

 

Boshqacha aytganda, ozroq mablag'ni tejayman deb xodimning mehnat faoliyati xavfsizligini ta`minlamagan ish beruvchi ham, «hech nima qilmaydi» degan xayolda o'zini o'zi halokatga boshlagan ishchining ham ko'ngilsiz hodisalar sodir bo'lishida birdek aybi bor.
Gazetamizning avvalgi sonlarida ham mehnat xavfsizligiga oid salbiy holatlar tanqid qilingan edi, ammo ayrim viloyatlarda hanuz bu borada jiddiy kamchiliklarga yo'l ­qo'yilmoqda. Ishchilarning mehnat muhofazasi, texnika xavfsizligi qoidalariga amal qilmasdan, hayotini xavf ostiga qo'yib ishlash holatlarini har qadamda uchratish mumkin. ­Quyidagi fotolavhalar buning yaqqol tasdig'idir. Bu holni mutasaddilar qanday izohlaydi?

A`zamjon ABULFAYZOV
B.Hasanov olgan suratlar.

Boshqa xabarlar