Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan soha xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to'g'risida

225
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining
 
f a r m o n i
Mamlakatimizda demokratik qadriyatlar, so'z va matbuot erkinligini rivojlantirish, xalqimizning axborot sohasidagi konstitusiyaviy huquqlarini ta`minlash, aholiga xolis va haqqoniy axborot yetkazish, barcha sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlar, modernizasiya jarayonlarini aholi o'rtasida keng targ'ib etish, yosh avlodni Vatanga muhabbat, istiqlol g'oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash borasidagi munosib xizmatlari hamda ijtimoiy hayotdagi faol ishtiroki uchun quyidagilar faxriy unvon va ordenlar bilan taqdirlansin:
“O'zbekiston Respublikasi san`at arbobi”
Rashidov Asil – O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a`zosi, tarjimon, publisist
“O'zbekiston Respublikasida xizmat ko'rsatgan jurnalist”
Jalilov Norqobil Qodirovich – “XXI asr” gazetasi bosh muharriri
Mahmudov Farhodjon Shavkatovich – O'zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston 24” telekanali bosh muharriri
“O'zbekiston Respublikasida xizmat ko'rsatgan madaniyat xodimi”
Rahmonov Vahob – Adabiyotshunos, muharrir-noshir
“Mehnat shuhrati” ordeni bilan
Abduxalikov Firdavs Fridunovich – O'zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assosiasiyasi boshqaruvi raisi
Alixonov Bobir Botirovich – O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Axborot-tahlil multimedia markazi direktori
Vakilov Sherpulot Jo'raboevich – “Ovozi tojik” gazetasi bosh muharriri
Qo'chqorov Yunusali – Namangan tumani “Istiqlol” gazetasi muharriri
Haydarov Uyg'un To'ychievich – Qashqadaryo viloyati teleradiokompaniyasi bosh muhandisi
“Do'stlik” ordeni bilan
Abdijamilova Umit Saparbaevna – “Qoraqalpog'iston” telekanali Ijtimoiy-siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy dasturlar bosh muharririyati katta muharriri
Azimov Alisher To'xtasinovich – “Daryo.uz” veb-sayti bosh muharriri
Badalov Alisher Normatovich – O'zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi diktori
G'ulomov Shamshodbek Hamidovich – O'zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assosiasiyasi boshqaruvi raisi o'rinbosari – bosh direktor
Leshinskaya Tatyana Vladislavovna – “Sharq” nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi qirquv dastgohlari mashinisti
Mahmudova Go'zal Qoraboevna – O'zbekiston Milliy axborot agentligi Tarjima tahririyati yetakchi tarjimoni
Muhammadxonov Nodirxon Bahodirovich – O'zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston 24” telekanali diktori
Nurmetova Zulayxa – Ellikqal`a tumani “Davr ko'zgusi” gazetasi bosh muharriri, Qoraqalpog'iston Respublikasi
Hosilova Marusa Atoqulovna – “Tabiat va hayot” gazetasi muharriri, Navoiy viloyati
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko'lamli ijtimoiy-siyosiy islohotlar, yangilanish va innovasiya jarayonlaridagi faol ishtiroki, ko'p yillik samarali mehnati, yosh avlodni ona yurtimizga muhabbat va sadoqat, milliy va umumbashariy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashdagi xizmatlari uchun quyidagilar mukofotlansin:
“Shuhrat” medali bilan
Bagramov Stanislav Vladimirovich – O'zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston 24” telekanali sharhlovchisi
Yomg'urova Guljahon Egamovna – Bo'ka tumani “Xalq ovozi” gazetasi bosh muharriri, Toshkent viloyati
Jo'raeva Barchinoy Musallamovna – O'zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” telekanali Madaniy-ma`rifiy va badiiy dam olish dasturlari bosh muharririyati bosh muharriri o'rinbosari
Jo'raev Nosirjon Jamoliddinovich – O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a`zosi, shoir
Musaev Janibek Jambulovich – “UzReport” axborot agentligining “UzReport.news” veb-sayti muharriri
Ochilov Ahror Shukurullaevich – “Vatanparvar” gazetasi bo'lim mudiri
Samadov G'ulomjon Xursandovich – “Xalqaro Press-klub” nodavlat-notijorat tashkiloti bosh prodyuseri
Sulaymonov Asroljon G'afurovich – “O'zbekiston adabiyoti va san`ati” gazetasi mas`ul kotibi
Tojialiev Davronbek Rustamovich – “ziyouz.uz” veb-sayti bosh muharriri
To'ychieva Dono Oqilovna – G'afur G'ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi korrektori
Tursunov Zafar Rixsiboevich – “Radio Poytaxt” mas`uliyati cheklangan jamiyati bosh muharriri
Umarova Nargiza Bahodirovna – “Yoshlar ovozi” gazetasi bosh muharriri o'rinbosari
Sharopov Abdullajon Turg'unovich – “Akademnashr NMM” nashriyoti bosh muharriri
Ermatov Azizjon G'anievich – Uchko'prik tumani “Yangi Farg'ona” gazetasi muharriri, Farg'ona viloyati
Yunusov Bahodir Maxsutovich – O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Axborot-tahlil multimedia markazi bosh muharriri
Hasanov G'olib Matlabovich – “Zarafshon” – “Samarkandskiy vestnik” gazetalari bosh muharriri o'rinbosari
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti                                                                    Sh.MIRZIYoEV
Toshkent shahri,
2018 yil 27 iyun
Boshqa xabarlar