Forumdan katta taassurot va tajribalar bilan

445

Xususan, delegasiya a`zosi M.Zohidov «Andijon polkasi» raqsi, «Choyxona» va «Yalla» qo'shiqlari bilan barchaning olqishiga sazovor bo'ldi. Tadbirda «Evrovidenie» xalqaro tanlovi g'olibi – «NaviBand» guruhi o'z qo'shiqlari bilan ishtirok etdi.

Forumning navbatdagi kunida ishtirokchilar Belarus kasaba uyushmasi Federasiyasining Xalqaro universiteti – MITSO faoliyati bilan yaqindan tanishdi hamda «Mediasiya va muzokaralar olib borish» mavzusidagi mashg'ulotlarda qatnashishdi. «Do'stlik daraxti» aksiya forumida ishtirokchilar tomonidan MITSO xalqaro universitetining ichki hovlisida ko'chat o'tqazildi.
Belarus katta teatriga tashrif doirasida teatr bo'ylab ekskursiya bo'lib o'tdi va Jakomo Puchchinining «Bogema» operasini tomosha qildik.
Forum ishtirokchilari uchun viloyatlarga tashrif das­turi o'ziga xos mahorat maktabi vazifasini o'tadi. Xususan, Mogilev viloyatining Bobruysk shahridagi «Belshina» OAJda mehnat sharoitlari, ijtimoiy sheriklik va yoshlar uchun imtiyoz, kafolatlar, jamoa shartnomasi tuzish, mehnat unumdorligini oshirish borasida mas`ullar bilan savol-javoblar o'tkazildi.
Forum ishtirokchilarining keyingi manzili – Rogachev shahrida joylashgan «Rogachev MSS» OAJ bo'ldi. Mehnat jamoasi hayoti hamda Rogachev shahri bilan tanishuvdan so'ng «Belprofsoyuzkurort» unitar korxonasi ishi bilan yaqindan tanishdik.
Forum doirasida Belarus metallurgiya zavodiga ham bordik. Shundan so'ng yosh faollar ishtirokida Krasnыy Bereg qish­log'idagi yodgorlik majmuasiga gul qo'yish marosimi o'tkazildi.
«Dinamo» stadionida esa Belarus sportchilari bilan uchrashuv tashkil etildi hamda «Tinchlik va xalqlar do'stligi» shio­­ri ostida yengil atletikaning yugurish turi bo'yicha marafon bo'lib o'tdi.
Respublika kasaba uyushmalari madaniyat saroyidagi yig'ilishda Forum natijalari jamlanib, mintaqaviy dastur ­bo'yicha hisobotlar tinglandi.
Shundan so'ng ishtirokchilar guruhlarga ajralgan holda interaktiv musobaqalar o'tkazildi.
Umuman, Forum har bir ishtirokchi uchun yangiliklar berish barobarida mamlakatimizdagi islohotlar, yoshlar siyosati borasidagi afzalliklarimizni namoyon etishga imkoniyat bo'ldi. Xususan, yoshlar tashabbuslariga erkinlik berilayotgani, innovasion g'oya va ishlanmalarni amaliyotga joriy etishdagi yutuqlarimiz, ta`lim tizimidagi yangilanishlar haqidagi ma`lumotlar ko'pchilik tengdoshlarimiz, kasaba uyushma faollari uchun qiziqarli bo'ldi.

Alixon AKRAMOV,
Namangan viloyati kasaba uyushma tashkilotlari Birlashmasi Yoshlar masalalari bo'yicha rais maslahatchisi

Boshqa xabarlar