Garvardning oltin qoidalari

84

So'zning nechog'li ­qudratli kuchga ega ekanini tasavvur etish qiyin. Birgina kalom insonga mo'`jizadek ta`sir etishi, uni ulkan marralarga undashi mumkin. Barchasi insonning o'ziga bog'liq ekani sharq adabiyoti va falsafasida ko'p va xo'b ta`kidlangan.

Jahonga mashhur Garvard universiteti mutaxassislari ham o'z talabalarini so'z bilan rag'batlantirar ekan. Amerika qo'shma Shtatlarining 7 nafar prezidenti, 47 nafar Nobel mukofoti sovrindori aynan shu universitetni tamomlagan. Albatta, ular o'z-o'zi bilan kurashib, buyuk maqsadlar sari olg'a intilgan. Mana shu jarayonda dangasalikdan xalos etuvchi qoidalarga amal qilishgan bo'lsa, ne ajab.
Quyida e`lon qilinayotgan hikmatli da`vatlar mashhur ilm dargohining o'ziga xos qoidalari hisob­lanadi. Ular hammaga, ayniqsa, yo'l boshida turgan yoshlarga g'oyat asqotadi.

• Hozir uxlasang, albatta, orzularingni tushingda ko'rasan. Agar uyquning o'rniga o'qishni tanlasang, orzularing­­ni hayotda ko'rasan.
• Qachonki, sen hammasiga juda kech bo'ldi, deb o'ylasang, aslida, hali erta bo'ladi.
• O'qish azobi — bu vaqt sarflash emas. O'qish — harakat qilish.
• Hayot faqat o'qishdan iborat emas. Hayotning mana shu qismini ham bosib o'ta olmasang, nimaga ham qodir bo'la olarding?!
• Qiyinchilik va tinimsiz harakatdan rohatlan.
• Kimki hammasini erta qilsa, o'zining muvaffaqiyatidan haqqoniy rohatlana oladi.
• Hammasiga ulgurish imkoniyati barchaga berilmagan, lekin muvaffaqiyat o'z ustida ishlovchi va muammolarni tezda hal qiladiganlarga nasib etadi.
• Agar sen bugun piyoda yurishni xohlamasang, ertaga yugurishga majbur bo'lasan.
• Kelajagi uchun nimadir qiladigan odam realistdir.
• Sening topadigan puling — olgan biliming bilan mutanosib.
• Bugun hech qachon qaytib kelmaydi.
• Hozir, hatto, dushmanlaring ham yutoqib kitob varaqlamoqda.
• Qiyinchliklarsiz maqsadga yetishib bo'lmaydi.
• Ishingni ikki marta qayta tekshir.
• Bu yerda muvaffaqiyatga olib chiquvchi qurilma yo'q, sen zinadan asta-sekin chiqib borasan, xolos.
• Qidirayotganing tashqarida emas, aksincha sening o'zingda.
• Har qanday yutuqqa erishish — harakat qilishga qaror qilingan lahzadan bosh­lanadi.
• Omadga erishishdagi eng ishonch­­li yo'l — yana bir bor urinib ko'rish.
• Vaqt hozir ham o'tayapti.
• Agar kelgusi bir yiling­­ni rejalashtirmoqchi bo'lsang, o'simlikning o'sishini ko'r. Agar kelgusi o'n yillikni rejalashtirmoqchi bo'lsang, o'sayotgan daraxt­larga qara. Agar butun hayotingni rejalashtirmoqchi bo'lsang, u holda ta`lim ol!

Mahliyo UMIRZOQOVA
tayyorladi

Boshqa xabarlar