So'z soxtalikni ko'tarmaydi

369

Mamlakatimizda joriy yildan ko'plab yangi o'quv yurtlari qatori faqat jurnalistlarni tayyorlaydigan alohida oliygoh – O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikasiyalar universiteti o'z faoliyatini bosh­ladi. Ustozlardan biri:

– Bu universitet saboqlari, uni berish va qabul qilish vositalari ham  yangicha bo'ladi. Shuning uchun ular orasidan erkin fikrlaydigan, dadil, bahslardan  hayi­qmaydigan jurnalistlar yetishib chiqishiga umid bog'layapmiz. Siz ham hamkasblaringiz haqida nimalarnidir mulohaza qilib yurgan bo'lsangiz, shu yoshlar bilan o'rtoqlashing, – deb qoldi.

Shu sabab bo'lib, o'z hayot taj­ribamda ko'rganlarim, kuzatganlarim va ular asosida chiqargan xulosalarim haqida o'ylay boshladim. Har qanday kasbning qadr-qimmatini o'sha sohada faoliyat yuritayotgan xodimlarning shaxsiyati, dunyoqarashi,  saviyasi belgilaydi.

Biz ham ilk qadamlarimizni ustozlarimizning talablariga monand-mos tashlaganmiz. Esimda bor: «Saodat» jurnalidan ilk bor Jizzax viloyatiga xizmat safariga jo'nayotganimda rahmatli ustozimiz Zulfiyaxonim:

– Tahririyat xonasida o'tirganingda bir karra aqlli, bilimli, hushyor, halol bo'lsang, safarlarga borganingda ming karra aqlli, farosatli, halol bo'lishing kerak. Chunki sen endi xodimlar orasiga oddiy jurnalist bo'lib emas, «Saodat» vakili bo'lib kirasan. Senga berilgan baho «Saodat»ga berilgan baho bo'ladi, – deganlar.

Yana: – Sen uzoq, juda uzoqqa ket­yapman, borgan joyimdagi  gap­lar bu yerga yetib kelarmidi, deb o'ylama. Sening qadaming bilan bog'liq har bir fikr sendan oldin yetib keladi, – deganlar.

Ustozning bu o'gitlari keyinchalik ham meni ko'p xatoliklar, adashishlardan asragan bo'lsa, ajab­mas.

Ma`lumotlarga ko'ra, bundan 50-60 yil oldin pensiyadagi qariyalar uchun ochilgan «Morj» jismoniy sog'lomlashtirish xayriya jamiyati ilgari «Paxtakor» stadioni yaqinida joylashgan bo'lib, 2013 yili ayrim sabablar bilan hozirgi joyga ko'chirilgan. Ayni paytda jamoadagilarning soni 50 nafar atrofida. Klub yoshi ulug'larga mo'ljallangani tufayli u yerdagilar ma`lum darajada bo'lsa ham sog'lom hayot tarziga rioya etish maqsadida badminton, shaxmat-shashka va suzish sport turlari bilan shug'ullanadi.

– Qarilik davrida inson harakatlanmasa, yotib qolishi mumkin. Yoshim 60 dan oshgan, lekin ayni damda, ya`ni klubga qatnay boshlaganimdan buyon shijoatim yoshlarnikidan kam emas, – dey­di Nusrat Valiev. – Hayotimni o'zim sevgan sportning dzyudo turidan yoshlarga saboq berishga bag'ishladim. Ikki marotaba xalqaro darajadagi olimpiada o'yinlarida jamoaga murabbiylik qildim. Pensiyaga chiqqanimdan keyin bekorchilikdanmi yoki qarilikdanmi – og'ir betob bo'lib, yotib qoldim. Doktorga borganimda endi pensiya­­ga chiqib uyda dam olish o'y-xayollarini unutishim kerakligini aytdi. Va dori-darmonlar o'rniga eng yaxshi muolaja sifatida jismoniy tarbiya bilan shug'ullanishni tavsiya qildi. Uning maslahatiga binoan nonushtadan oldin va kechki ovqatdan keyin kun tartibimga o'zgarish kiritdim. Ham sayr, ham jismoniy harakatni yo'lga qo'yish uchun velosiped sotib oldim.

Kunlardan bir kun quyosh botar mahal velosipedda aylanib yurganimda, bir guruh men qatori nuroniylarni mahalladan o'tgan anhor bo'yidagi  kichik sport maydonchasida ko'rib qoldim. Ular safiga qo'shilish istagim borligini bildirganimda, ochiq chehra bilan qabul qilishdi. Ayni paytda bu yerga kelib sport bilan shug'ullanish imkoniga egaligimdan xursandman.

Klubga a`zolik cheklanmagan. Xohlagan odam kelib qo'shilishi mumkin. Yosh murabbiy Farhod Hasanovning ta`kidlashicha, yosh avlod vakillariga kattalar, shubhasiz, o'rnak bo'lishmoqda. Atrofdagi yoshlar o'yinga havasi kelganidan bo'sh vaqtlari bu yerga kelib, nafaqaxo'rlarga qo'shilib, sport mashqlarida ishtirok etib turisharkan.

Ha, kattalar yoshlar uchun katta hayot maktabidir. Ehtimol, yanada porloq kelajak qurishda bolalar sporti qatori qariyalar sportiga yanada ko'proq e`tibor qaratilsa, ular hayotda orttirgan ilm va ­tajribalarini mashg'ulotlar bahona yoshlarga ulashish imkoniga ega ekanliklaridan yanada shod va minnatdor bo'lisharmidi?..

Insonning qo'li gul. Shu tufayli u quyoshning qaynoq, zarrin nurlarida qovjirab yotgan cho'l-u toshloq  yerdan bahri dilni ochadigan bog'-u bo'ston yaratadi. Tabiat in`om etgan mo'`jizalardan unumli foydalanib, tillarga doston san`at asarini muhayyo qiladi. Klub a`zolari bo'lgan otaxonlarning aytishicha, bundan 5 yil oldin bu yer hech vaqosi yo'q ochiq maydon bo'lgan. Uzum, anor, nok, olma singari mevali daraxtlar bilan birga archa, terak kabi manzarali daraxtlar ekib, parvarishlashmoqda. O'yingoh atrofi so'lim bir manzara kasb etayotgani ham, aslida, shundan.

Bu yerdagi barcha sharoitlar: mashg'ulot maydonchalari, buyumlar qo'yiladigan shkaflar, kiyim almashtiradigan joylar, shaxmat-shashka stollari va hatto dam olish o'rindiqlarini ham jamoa hamjihatlikda tashkillashtirishgan. Bilishimizcha, bunda zahmatkash kamtar oqsoqol Yura Kopchinskiyning xizmatlari katta.

Yaqinda har yilgi an`anaga sodiq qolgan holda mustaqilligimizning 27 yillik bayrami munosabati bilan jamoa o'rtasida badminton ­bo'yicha musobaqa o'tkazilibdi.

– Musobaqada erkaklar o'rtasida 58 yoshli Rixsivoy G'ozixonov va 60 yoshli Jahongir Rustamov 1-o'rin sohiblari bo'lishdi. 61 yoshli Nusratulla Valiev va 65 yoshli Ne`matilla Ortiqov 2-o'rinni qo'lga kiritishdi. Ayollar o'rtasida esa 53 yoshli Firdau­s Demenskaya 1-o'rinni egallagan bo'lsa, 57 yoshli Oliya Vildamova  2-o'ringa sazovor bo'ldi, – deydi 76 yoshli Sasha Gavrilov.

Mutaxassislarning fikricha, sport o'yinlari insonni tetiklashtiradi. Charchagan hujayralarni qayta tiklashga ko'maklashadi. Nima bo'lganda ham yosh o'tgan sari inson ko'proq harakatlanishi lozim. Shu sababli klub a`zolari yozning issiq kunlari tushlikdan so'ng soat 16-17lar atrofida qadrdon maydonchasiga oshiqishadi.

65 yoshli shifokor Ne`matilla Ortiqovning so'zlariga qaraganda, ularning aksariyati turli kasb egalari bo'lishiga qaramay, bir-biri bilan qadrdon og'a-inidek bo'lib ketishgan.

– Ba`zida o'zim qatorilar choyxonaga kel, osh damlaymiz, gurunglashamiz, deb taklif qiladi, – deydi Ne`mat hoji aka. – Ammo vaqtni behuda o'tkazishdan nima foyda?..

Bir-biridan samimiy, oqil, ko'pni ko'rgan, fayzli insonlar bilan qurgan samimiy suhbatimiz bizga xush kayfiyat bag'ishladi.

Ular suhbat asnosida o'z muammolari haqida ham so'z ochishdi. Aytish­laricha bu hudud O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya institutiga qarashli joy hisoblanadi. Undan foydalanish uchun institut bilan shartnoma ham tuzilgan. Biroq ayrim kishilar institut rahbariyatiga shikoyat qilishgan. Ularning yetkazgan ma`lumotlariga ko'ra, «bir guruh qariyalar jamoasi  go'yoki bu yerni o'ziga xos maishat ­maskaniga aylantirib olganmish».

Bu noto'g'ri ma`lumot sabab ularning bu yerdan ketishini, ya`ni joyni bo'shatib berishni talab qilishmoqda. Nima sababdanligi surishtirilsa, yolg'on ma`lumotlar asosida «yaxshi nom» chiqargan joyga endi bolalar sport maydonchasi barpo etishni rejalashtirishibdi. Biroz vaqt o'tib esa «badminton o'yingohining yonidan qurilayotgan katta bino uchun mashina qo'yiladigan avtoturargoh bo'larmish», degan mish-mish­lar ham tarqalgan.

– Jamoa meni o'ziga faxriy rahbar sifatida saylab olgan. Shuning uchun nafaqat hududga, balki a`zolarga ham javobgarman, – dey­di Ars­lon Elov. – Bir narsaga hayronman: qanday qilib sport bilan shug'ullanadigan insonlardan jamiyatni kemiruvchi ichkilikbozlik, kashandalik, maishatparastlik singari illatlar chiqishi mumkin? Kelib vaziyatni o'rganib, ko'rib ketishayotgan bo'lsa ham yerni olish maqsadida biz haqimizda bunday safsatalarni tarqatayotganlarni qanday atashni ham bilmay qoldik. O'ylab ko'ring: nafaqaga chiqqunga qadar jamiyatdagi muhim sohalarda fidokorona ishlagan odamlardan bunday nojoiz ishlar chiqishi mumkinmi? Biz juda ham taassufdamiz, deyishmoqda ular. Aslida, hayotining qolgan damlarini ham mazmunli o'tkazish ishtiyoqi ularni birlashtirib turgani yaqqol ko'rinib turibdi. Ming afsuski, ba`zi odamlarning gap-so'zi bilan obod qilingan mas­kanni buz­moqchi bo'lib turishibdi.

Sog'lom hayotni keng targ'ib qilish – eng oliy maqsad. Oddiygina, o'ziga xos jismoniy mashqlar bilan shug'ullanadigan xususiy, pullik joylarga borsangiz, vaqtni soatbay qilib chegaralab qo'yishgan. Aksincha, bu yerda mutlaqo bepul, xohlasangiz 2 soat yoki undan ham ko'proq shug'ullanishingiz mumkin. Hamma bir-biriga va mashg'ulotlarga juda ham o'rganib qolgan. Hatto bir-ikki kun ko'rinmay qolsangiz xavotirga tushishadi ham.

– Agar Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tomonidan ushbu sport maydoni bizga rasmiylashtirib berilsa, bu yerga nabiralarimizni ham o'zimiz bilan olib kelardik. Ular jamoadagi Nusrat Valiev, Oliya Vildamova, Farhod Hasanov singari sport ustalaridan ko'p narsalarni o'rganish imkoniga ega bo'lardi.

Mahalla fuqarolar yig'ini raisi Qudratilla Mo'minovning aytishicha, klubga yig'ilganlar sog'lom hayot tarziga rioya etadigan, ichish, chekishni o'zi va atrof­dagilarga ravo ko'rmaydigan elning hurmatiga loyiq nafaqadagi insonlardir. Necha marotaba hol-ahvol so'rash bahonasida ko'rgani borsa, qishin-yozin bir guruhi badminton, boshqa bir guruhi shaxmat-shashka o'ynasa, yana qolganlari suzish bilan mashg'ul ekanligi ustidan chiqqan. Yaqinda hududda davlatimiz rahbari topshirig'iga asosan tashkil etilgan jamoatchilik komissiyasi o'tkazgan majlisda klub a`zolariga joy ajratib berish borasidagi muammo ham ko'tarildi. Bu masala hal bo'lsa, nur ustiga nur bo'lardi.

Shukrki, bolalar uchun sport maydonchalari va zallar yetarlicha qurib, foydalanishga topshirilgan. Biroq nafaqadagi, yoshi kattalar uchun jismoniy tarbiya bilan shug'ullanadigan joylar deya­r­­li yo'q ekanligidan aslo ko'z yuma olmaymiz. Ayniqsa, mana shunday xayriya jamiyatlari, afsuski, hech qaerda tashkillashtirilmagan. Haqli savol tug'iladi: yosh avlod tarbiyasida muhim o'rin egallagan keksalarimizga sport maydonlari kerak emasmi? Mutasaddi tashkilotlar bunga nima deydi?

Mahliyo UMIRZOQOVA,

«Ishonch»  muxbiri

 

 

 

Boshqa xabarlar