E`tirof va e`tibor insonni ulug'laydi

265

Prezidentimizning farmoni bilan mustaqil O'zbekiston Respublikasining birinchi Mudofaa vaziri, iste`fodagi general-polkovnik Rustam Ahmedov «Do'stlik» ordeni bilan mukofotlandi.

Vatan xizmatini oliy burch deb bilgan Rustam Ahmedov tabarruk 75 yoshida ham hamon safda – u Prezidentimiz farmoniga binoan 2018 yilning yanvar oyida O'zbekis­ton mudofaa vazirining maslahatchisi etib tayinlangan va hozirgi kunda ushbu lavozimda fao­liyat ko'rsatmoqda.
Uning O'zbekistonda yashayotgan barcha millat va elatlar vakillari o'rtasida do'stlik, o'zaro hamjihatlik va totuvlikni mustahkamlash ishida erishgan katta yutuqlari, mamlakatimizning boshqa davlat va xalqlar bilan hamkorligini har tomonlama rivojlantirishdagi mehnati yuksak e`tirofga sazovor bo'ldi.
– Prezidentimiz Shavkat ­Mirziyoev rahbarligida amalga oshirilayotgan barcha jabhalardagi shiddatli islohotlar nafaqat xalqimiz, balki jahon hamjamiya­­ti tomonidan ham katta mamnuniyat bilan e`tirof etilmoqda, – deydi u. – Qurolli Kuchlarni zamonaviy qurol-aslaha, texnika, uskunalar bilan ta`minlash va harbiylarimizga yaratilayotgan sharoitlar mamlakatimizning mudofaa salohiyatini, nafaqat Markaziy Osiyoda, balki dunyo miqyosida yangi cho'qqilarga olib chiqmoqda. Xizmatlar e`tirofi va ko'rsatilgan e`tibor insonni ulug'lar ekan. Mustaqillik yillaridagi faoliyatim, tajribam e`tirof etilib yana mehnat jarayoniga taklif etishdi, bugun esa kamtarona mehnatlarim e`tiborga olinib davlat mukofoti bilan taqdirlandim. Bundan katta baxt bormi? Shu yurtda tug'ilganimdan, o'zbek xalqi farzandi ekanligimdan faxrlanaman. Tanda jonim bor ekanki, butun vujudim bilan Vatanimga xizmat qilaman!
Ustozning bugun ham hamon safda ekanligi, mamlakatimiz harbiy salohiyatini yuksaltirishda, yoshlarimizni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda fidoyi­lik bilan xizmat qilayotganlik­lari tahsinga lo­yiqdir. Biz ham u kishini yuksak e`tirof va qutlug' yoshlari bilan chin dildan muborakbod etamiz.

Irismuhammad ABDUKARIMOV,
iste`fodagi polkovnik

Boshqa xabarlar