Havo sovishi rost(mi?)

373

Shu kunlarda barchaning og'zidagi gap: «havo sovib ketarmish…». Bu xabarga aniqlik kiritish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati markaziga murojaat qildik.

«O'zgidromet» mutaxassisi O'g'iloy Eshmo'minovaning javob berishicha:
«12-15 noyabr kunlari O'zbekiston hududiga Rossiyaning (Moskva oblasti) Yevropa hududi markaziy tumanlari uzra shakllangan sovuq va nisbatan nam havo massasi G'arbiy Qozog'iston orqali kirib keladi.
12-13 noyabr kunlari ­respublika hududi bo'ylab ba`zi joylarda yog'ingarchilik bo'ladi (yomg'ir qorga aylanishi mumkin). Shamol tezligi sekundiga 18-23 metrgacha, ba`zan 25-28 metrgacha kuchayishi kutilmoqda.
13-15 noyabr kunlari havo harorati respublika hududida kechasi 2-7 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq, shimolda kechasi 8-13 daraja, kunduzi 2-7 daraja sovuq bo'ladi».

Boshqa xabarlar