Yangi yil bayramida necha kun dam olamiz?

838

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning 2018 yil 12 noyabrdagi «2019 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo'shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko'chirish to'g'risida»gi Farmoni asosida fuqarolarning rasmiy sanalarni nishonlash davrida to'liq dam olishi uchun sharoitlar yaratish, dam olish va bayram kunlaridan oqilona foydalanishini ta`minlash maqsadida yil davomidagi ish va dam olish kunlari oldindan rejalashtirilgan.
Mazkur Farmon asosida 2019 yilda quyidagi qo'shimcha dam olish kunlari belgilandi:
2 yanvar – chorshanba;
22 mart – juma;
2 sentyabr – dushanba.
Ta`kidlash joizki, mazkur qo'shimcha dam olish kunlari barcha xodimlarga, jumladan, haftasiga besh yoki olti kun davomida ishlovchi xodimlarga ham birdek qo'llaniladi.
Shuningdek, Farmonga binoan, bir qator dam olish kunlari bayramlar arafasidagi ish kuniga ko'chirildi. Xususan:
5 yanvar – shanba 3 yanvar – payshanbaga;
1 iyun – shanba 6 iyun — payshanbaga;
7 sentyabr – shanba 3 sentyabr – seshanbaga;
28 dekabr – shanba 31 dekabr – seshanbaga.
Ma`lumot o'rnida aytish joizki, shanba kunidan ko'chirilgan dam olish kunlari faqat besh kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun taalluqli, olti kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar esa ko'chirilgan dam olish kunlarida ishga chiqishlari lozim.
Yuqoridagilardan xulosa qilish mumkinki, yangi yil bayrami kunlarida xodimlarning dam olish kunlari quyidagicha ko'rinish oladi:
5 kunlik ish haftasida ishlovchi xodimlarga quyidagi kunlar (5 kun ketma-ket) dam olish kuni hisoblanadi:
30 dekabr – yakshanba;
31 dekabr – dushanba (29 dekabrdan ko'chirilgan dam olish kuni. asos 28.12.2017 yildagi PF-5290-sonli Prezident Farmoni);
1 yanvar – seshanba (Yangi yil bayrami);
2 yanvar – chorshanba (qo'shimcha dam olish kuni);
3 yanvar – payshanba (5 yanvardan ko'chirilgan dam olish kuni).
Izoh: 2018 yil 29 dekabr – shanba hamda 2019 yil 5 yanvar – shanba kunlari 5 kunlik ish haftasida ishlovchilar uchun rasman ish kuni bo'ladi.
6 kunlik ish haftasida ishlovchi xodimlarga quyidagi kunlar (3 kun ketma-ket) dam olish kuni hisoblanadi:
30 dekabr – yakshanba;
1 yanvar – seshanba (Yangi yil bayrami);
2 yanvar – chorshanba (qo'shimcha dam olish kuni).
Izoh: 31 dekabr – dushanba kuni 6 kunlik ish haftasida ishlovchilar uchun ish kuni hisoblanadi.

Boshqa xabarlar