O'ZBEKISTON SUG'URTA XIZMATLARI jahon sug'urta bozorida

194

Prezidentimizning 2017 yil 9 oktyabrda “Kafolat sug'urta kompaniyasi” aksiyadorlik jamiyati faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida” qarori qabul qilingan edi. Uning ijrosi doirasida O'zbekiston savdo-sanoat palatasi, Yoshlar ittifoqi, “Mahalla” va “Nuroniy” jamg'armalari, bir qator vazirlik, idoralar hamkorligida hududlarda uchrashuvlar, seminarlar tashkil etildi va 37,2 mlliard so'm sug'urta mukofotlari yig'ildi.

O'tgan yilda kompaniya yurtimiz sug'urta bozoriga 2 ta yangi sug'urta bozorining professional ishtirokchilarini olib kirdi: «KAFOLAT sug’urta kompaniyasi» AJ ta`sischiligida “My ASSIST” mas`uliyati cheklangan jamiyati tashkil etildi hamda bevosita hayotni sug'urta qilish bilan shug'ullanuvchi “Kafolat hayot” sug'urta kompaniyasi mas`uliyati cheklangan jamiyati ish boshladi.

Aholi va tashkilotlarga keng ko'lamli sug'urta xizmatlarini taqdim etish, ularning sifatini yanada oshirish hamda sug'urta hodisalari yuz berganda respublikaning istalgan joyida ushbu xizmatlarni taqdim etish uchun so'nggi yillarda xodimlar sonini optimallashtirish masalasiga alohida e`tibor qaratilmoqda. Bu masala asosan chekka hududlarda kompaniyaning yangi bo'linmalar tarmog'ini kengaytirish orqali hal etilmoqda. 

Kompaniyada tunu kun ishlovchi, murojaatlarni qabul qiluvchi call sentr mavjud bo'lib, mijozlarga to'lovlarni amalga oshirishda operativlik ta`minlanmoqda. Ushbu dispetcherlik xizmati operatorlari tomonidan oyiga mijozlarimiz va fuqarolarimizdan 1000 ga yaqin qo'ng'iroqlar qabul qilinmoqda.

O'zbekiston sug'urta xizmatlari jahon sug'urta bozoriga kirib, sug'urta eksportini ta`minlashda muhim rol o'ynamoqda. O'tgan yilda kompaniya tomonidan 1 million AQSh dollaridan ortiq sug'urta xizmatlari eksport qilindi. Jahon banki, Osiyo taraqqiyot banki, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (ETTB) kabi dunyoning nufuzli tashkilotlari vakillari, xitoylik ekspertlar va boshqa chet el tashkilotlari vakillari kompaniyaga tashrif buyurdi va faoliyatga katta qiziqish bildirdi.

O'z o'rnida xodimlar sug'urta yo'nalishida yetakchi bo'lgan mamlakatlar – Yaponiya, Germaniya, sug'urtaning markazi bo'lgan Londonda malaka oshirishdi. Bundan tashqari, qo'shni Qozog'iston, Rossiya, Birlashgan Arab Amirliklari kabi davlatlarda o'tkazilgan xalqaro forumlar, anjumanlar, biznes uchrashuvlarida ishtirok etib 100 ortiq sug'urta tashkilotlari bilan aloqalar o'rnatildi. Buyuk Britaniya, Polsha, Panama, Janubiy Koreya, Hindiston, BAA va Rossiya sug'urta va qayta sug'urta kompaniyalari bilan hamkorlik shartnomalari imzolandi.

O'zbekiston sug'urta bozorida faoliyat yuritayotgan 30 dan ortiq sug'urta kompaniyalaridan ikkitasi xalqaro reytingga ega bo'ldi. Shundan bittasi ushbu sug'urta kompaniyasi bo'lgani, Fitch Ratings xalqaro nufuzli reyting agentligi uning istiqbolini “Barqaror” deya baholagani ham har qancha e`tirofga loyiq.

Muqaddas RAZZOQOVA,

“Ishonch”  muxbiri

Boshqa xabarlar