Aldagani gazetxon yaxshi (mi?)

202

Matbuot jamiyat ko'zgusidir. U nafaqat yangilik jarchisi, balki ma`naviy olamimizning boyishiga ham xizmat qiladi. Boshqalarni bilmadim-u, ammo men bo'sh vaqtimni gazeta o'qishga bag'ishlayman. O'tgan yili obunachi tashkilotdan «tilim kuygan»i uchun bu yil tanlovni boshqacharoq qildim.

O'zimga sevimli bo'lib qolgan nashr – «Ishonch» – «Ishonch – doverie» gazetalariga «O'zbekiston pochtasi» AJning Samarqand filiali orqali obuna bo'ldim. «Yaxshi-ku!» deyishga shoshilmang. Chunki bu yil ham aldanib qolganga o'xshayman. Biz bilgan, ishongan pochta xizmati avvalgilarga sira o'xshamaydi.
Nega deysizmi? xoh ishoning, xoh ishonmang, pochtachilar o'tgan ikki oy mobaynida atiga bir dona «Ishonch», bir dona «Ishonch – Doverie» gazetasini keltirib berishdi. Tashkilot mutasaddilari dastavval «gazeta kechikib kelayotir», qabilidagi javob bilan meni yupatishdi. «Qasdi-basti»ga olaverganimdan so'ng «barini to'plab olib borib beramiz», deyishganiga ham bir hafta bo'ldi. Biroq va`da bajarilmadi.
Meni esa bir savol qiynamoqda: Obunadan tushadigan mablag'dan «jon saqlash» uchun foydalanib kelayotgan pochtada qachon tartib o'rnatiladi?

Bahriddin YuSUPOV,
«Samarqandkimyo» AJ kasaba uyushma qo'mitasi raisi

Boshqa xabarlar