Ovoragarchiliklarga chek qo'ygan hujjat

216

Xo'sh, qonun bilan nimalar o'zgarmoqda? Jamiyatimizga u qanday qulaylik va yengilliklarni yaratmoqda?
Avvalo, ta`kidlash joizki, mazkur qonunning maqsadi ma`muriy tartib-taomillarni amalga oshirish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat. Asosiy vazifa ma`muriy organlar bilan munosabatlarda qonun ustuvorligini, jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ta`minlashga qaratilgan. Shuningdek, ma`muriy tartib-taomillarni amalga oshirishga doir u yoki bu munosabatlar maxsus ma`muriy tartib-taomillarni belgilovchi qonun hujjatlari bilan tartibga solinmagan hollarda ushbu qonun normalari qo'llaniladi. Mazkur qonun 7 ta bob va 88 ta moddadan iborat bo'lib, qonun chiqqan kundan 12 oy o'tgach kuchga kirishi belgilangan.
Ayrim hollarda hayotimizda shunday holatlar ham kuzatiladiki, mutasaddi organlarga taqdim etilgan hujjatlarni qonunda belgilanmagan bo'lsa-da, qaerdandir qo'shimcha tasdiqlatib kelish talabi ­qo'yiladi. Bu esa ortiqcha ovoragarchiliklarga sabab bo'lishi hech kimga sir emas.
Bunday holatlarga kelgusida yo'l qo'ymaslik maqsadida taqdim etilgan hujjatlarning haqiqiyligiga shubha paydo bo'lgan taqdirda, ma`muriy organ ularning ishonch­liligini mustaqil ravishda va o'z hisobidan tekshirish choralarini ko'rishi qonunda mustahkamlandi.

Mazkur maqolaning to'liq ko'rinishini «Ishonch» gazetasining 2019 yil 14 mart 34 – sonida o'qing.

Boshqa xabarlar