ELEKTRON POCHTA MANZILIGA KELGAN XAT FARZANDDAN QIMMATLIMI?

151

“…1970-yil­dan beri muntazam tele­vizor tomosha qiluvchilar­ning o‘rta­cha yoshi 4 yoshdan 4 oy­lik­kacha tushgan. Taas­sufki, bola hech qanday naf bermaydigan “chiqit mahsu­lotlar”ni tomosha qilib, yoshlik davrini o‘tkaza­yotganini, imkoni­yatlarni qo‘ldan boy berayot­ganini, tashqi dunyoni o‘rganish va atrofdagilar bilan muloqot qilish ekrandan ming chandon a’lo ekanini ha­li fahmlamaydi. Bolaning bo‘sh vaqti­ni to‘g‘ri o‘tkazishga, farzandlarini shunga da’vat etishga mas’ul bo‘lgan ota-onalarning o‘zi texnikaning quliga aylangan”.

Maqolani to‘liq quyida o‘qing.

XXI ASR TAHDIDI yoxud telefoningizni o‘chirib qo‘ying!

Ota-onalar farzandlari zamonaviy aloqa vositalari, internetga ko‘p vaqtini sarfla­yotganini ta’kidlashadi. Biroq bolaga o‘rnak ko‘rsa­tishi kerak bo‘lgan kattalar­ning o‘zi bu vosita­larga qaram bo‘lib qolayot­ganini o‘ylamaydi. 

Smartfonlar avtohalokatlar so­dir bo‘lishi, uyqusizlik, mehr-oqibatning yo‘qolishiga juda katta ta’sir ko‘rsat­moqda. Shunday bo‘l­sa­-da, asosiy muammoga haligacha yetar­licha baho bermayapmiz. Ya’ni, hozir ekranlarga yopishib olgan bolalardan ko‘ra, tashqi dunyodan uzilib qolgan katta yoshdagilar haqida qayg‘u­rishimiz lozim. 

Hozirgi kunda pul topish ilinjida chet elga ketayotgan ayollar soni ortmoqda. Bugungi onalar XX asr onalari bilan solishtirganda, bolala­riga qarash uchun hayrat­lanarli darajada kam vaqt sarflayapti. Ota-ona va farzand o‘rtasidagi munosa­batlarga putur yetib, hatto sun’iylashib bormoqda. Ular jismonan doimo farzandlari bilan birga, ularning moddiy ehtiyojlarini ta’minlamoqda, afsuski, ruhiy-hissiy jihatdan bir-biridan juda yiroqda. 

Ma’lumotlarga ko‘ra, za­mo­­naviy qurilmalar ekra­nida tez-tez aylanuvchi yoki zo‘ravonlik holatlari aks etgan videotasvirlar bolaning bosh miyasiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Ayni paytda mak­tabgacha yoshdagi bola­lar bir kunda kamida 4—6 soat vaqtini ekran qarshi­sida o‘tkazmoqda. 1970-yil­dan beri muntazam tele­vizor tomosha qiluvchilar­ning o‘rta­cha yoshi 4 yoshdan 4 oy­lik­kacha tushgan. Taas­sufki, bola hech qanday naf bermaydigan “chiqit mahsu­lotlar”ni tomosha qilib, yoshlik davrini o‘tkaza­yotganini, imkoni­yatlarni qo‘ldan boy berayot­ganini, tashqi dunyoni o‘rganish va atrofdagilar bilan muloqot qilish ekrandan ming chandon a’lo ekanini ha­li fahmlamaydi. Bolaning bo‘sh vaqti­ni to‘g‘ri o‘tkazishga, farzandlarini shunga da’vat etishga mas’ul bo‘lgan ota-onalarning o‘zi texnikaning quliga aylangan. 

Olimlar chaqaloq bilan kam muloqot qilish tufayli u 2 yoshga to‘lganda ham lug‘at boyligi kambag‘alligi sababli muloqotga kirisha olmasligini ta’kidlaydi. Yaqin o‘tmishda izdan chiqqan ota-ona tarbiyasi tufayli bola turli jismoniy xavflarga duch kelishi masalasi jamoatchilik e’tibo­riga tushdi, biroq biz bunday izdan chiqish bolalarning kognitiv rivojla­nishiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatishi haqida o‘ylab ko‘rishda sustkashlik qildik. Biz bola bilan suh­batlarni to‘xtatib qo‘yib, uyali aloqa telefonlarimizga javob bera­versak yoki ekranga chal­g‘iy­versak, o‘sib kela­yot­gan bolalarimiz aqliy rivoj­lanishdan ortda qoladi. 

Yoshi kattalar hamda bola­larning talab va ehtiyo­jlari, istaklari orasida muvozanatni topish hech qachon oson bo‘lmagan. Bolalar hamisha ota-onalarning voz kechib bo‘lmaydigan darajada e’tibori markazida bo‘lishi lozim, degan fikr ham mutlaq to‘g‘ri emas. Vaqti-vaqti bilan bolalarning o‘zlarini yolg‘iz tashlab qo‘yish ota-onalar uchun odatiy holat bo‘lib kelgan. Hatto bu ijobiy holat bo‘lib, bolalarda chidam­lilikni, mustaqillikni rivojlan­tiradi. Ammo kichkin­toylarni surunkali e’ti­bor­dan chetda qoldirish boshqa masala. 

Smartfonga qa­ram­likning bel­gilari shuki, telefon­dan ko‘z uzishga majbur bo‘lsa, tez jahli chiqadi; his-tuyg‘u belgilarini noto‘g‘ri talqin qiladi. Umu­man, atrof-muhit­dan uzilib qolgan ota-ona bolaga g‘am­xo‘rlik ko‘rsa­tish bilan band bo‘lgan ota-ona­dan ko‘ra tezroq g‘azablanadi. Chunki u aslida e’tiborga muhtoj bolani yolg‘ondan nag‘ma qilyapti deb o‘ylaydi. Ammo farzand elektron pochta manziliga kelgan xatday qimmati yo‘q narsa emas. 

Bolalarga tashqariga chi­qib o‘ynashni buyuradigan ona yoki kelgusi yarim soatda bir talay muhim ishni bajarishi kerakligini ta’kidlaydigan ota — bu tobora raqobatchilik kuchayib borayotgan kattalar hayotidagi javob reaksi­yasidir. Biroq bu smartfonlar tufayli sodir bo‘ladi. Biz har doim jisman bolalar davrasida hozir bo‘l­sak-da, ahyon-ahyon­dagina ular bilan hissiy munosabatga kirishamiz. Bu muammoni hal etish, mavjud ta’lim tizimidagi holatni hisobga olsak, oson bo‘lmaydi. Chunki hozir mak­tablarda dars­lar o‘ta zeri­­karli o‘t­il­moq­­­da va bun­day mu­hitda bola­­lar­da erkin mulo­qot uchun imko­niyat juda kam. 

Haqiqat shuki, bolalar kattalardan nimani xohlashini oldindan anglagan holda tug‘iladi. Ular kattalarning e’tiborini o‘ziga qaytarish uchun ko‘p harakat qiladi. Agar biz o‘z munosabatimizni o‘zgartirmasak, ular buni bizning o‘rnimizga qilishga urinib ko‘radi: bolamiz maktab yoshiga yetganda yomon xulq-atvorini namoyish etishiga tayyor bo‘lishimiz lozim. Ha, biz ular bilan shug‘ullanmasak, bu ularga juda qimmatga tushadi va hayotda juda qiynaladi. 

Psixologlar “texnofe­rensiya” deb atagan jihatga murojaat qilsak, farzand­larimiz maktabda oladigan ta’limning sifati yaxshi-yomonligidan qat’i nazar va ularga ajratadigan vaqtimiz­dan tashqari, shunchaki kamroq ishlasak, ular uchun hozirgidan ancha ko‘p foydali ish qilishimiz mumkin. Ota-onalar “hamma ishni baja­rish”dek oxiri yo‘q majburi­yatdan voz kechib, o‘zlariga biroz yengillik berishlari lozim. 

Keling, aziz ota-onalar, farzandingiz bilan birga bo‘lgan paytingizda telefoningizni o‘chirib yoki bir chetga olib qo‘ying! 


Azamat AKBAROV,

Janubiy Koreyaning Pusan chet tillar universiteti professori

2019-yil 16-mart, 21-son

“M a’rifat” gazetasi

Бошқа хабарлар