Sanatoriyda sumalak sayli

70

«Chinobod sanatoriysi» AJda Navro'z bayramini ko'tarinki kayfiyatda kutib olish maqsadida «Navro'z – qadriyatlar ramzi» mavzusida haftalik tadbirlar bo'lib o'tdi.

Kun bilan tun tenglashadigan bu safoli bayramni sanatoriy xodimlari va dam oluvchilari o'zgacha sog'inch va zo'r shod-u xurramlik bilan kutib oldilar. Tashkil etilgan festival ko'klamga burkangan sanatoriyning choyxona bog'ida o'tkazilishi ramziy ma`no kasb etdi va azaliy udum-u an`analarimizga keng o'rin ajratildi.
Navro'z onlarida ota-bobolarimizdan meros boy madaniyatimiz, betakror san`atimiz namunalari ko'z o'ngimizda bir butun bo'lib gavdalanadi. Alisher Navoiyning «Har tuning qadr o'lubon, har kuning o'lsun Navro'z» misrasi shior qilib olingan bayram tadbiri taniqli san`atkorlarning chiqishlari bilan yanada qizidi.
Bundan tashqari, kitob va gazetalar ko'rgazmasi, muqaddas qadamjolarga sayohatlar, kasaba uyushmalarining aksiyasi doirasida bepul dam olayotgan front orti va mehnat faxriylari ishtirokida tadbir, sumalak sayli, «Sport – salomatlik garovi» shiori ostida o'tkazilgan sport musobaqalari hamda bayram dasturxoni atrofida estrada xonandalari ijrosidagi kuy-qo'shiqlar ham sanatoriy xodimlari va dam oluvchilarga yanada ko'tarinki kayfiyat ulashdi.

Abduvahob TOJIEV,
«Chinobod sanatoriysi» AJ
ma`naviyat va ma`rifat kengashining mas`ul kotibi

Boshqa xabarlar