Prezident tashabbusi keng quloch yoymoqda

281

Prezidentimiz raisligida 19 mart kuni bo'lib o'tgan video­selektor yig'ilishida yoshlarga e`tiborni kuchaytirish, yosh avlodni madaniyat, san`at, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, ularda axborot texnologiyalaridan to'g'ri foydalanish ko'nikmasini shakllantirish, yoshlar o'rtasida kitobxonlikni targ'ib qilish, xotin-qizlar bandligini ta`minlash masalalari muhokama qilingan edi. Unda davlatimiz rahbarining ilgari surgan ijtimoiy, ma`naviy-ma`rifiy sohalardagi ishlarni yangi tizim asosida yo'lga qo'yish bo'yicha 5 ta muhim tashabbusi borasidagi ishlar tahlil etildi.

Ma`lumki, ushbu 5 tashabbus xalqimiz, ayniqsa, yoshlarimiz tomonidan katta qiziqish bilan kutib olindi. O'tgan bir hafta ichida bu tashabbuslar yanada keng quloch yozdi. Xususan, to'rtinchi tashabbus – yoshlar ma`naviyatini yuksaltirish, ular o'rtasida kitobxonlikni keng targ'ib qilish bo'­yicha ishlar yanada kengaydi.
Hukumat rahbarlari, vazirlar, yirik tashkilotlar bosh­liqlari hududlardagi ta`lim muassasalariga, o'zlari o'qigan maktablarga kitob sovg'a qila boshladi.
Muxtasar aytganda, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning ma`rifatga yo'g'rilgan ushbu tashabbusi ma`naviyat buloqlarimizning yillar asnosida, zamonlar silsilasida yumilib qolgan ko'zlarini ochdi.
Bugun kitob hadya qilish urfga kirdi. Rahbarlar, tadbirkorlar maktablarga kitoblar hadya qilmoqda, eng muhimi, ular ham kitob o'qimoqda. Demak, hammamiz kitob o'qimoqdamiz. Bularning barchasi xalqimiz qalbi, hayotini yangicha nur – ma`naviyat ziyosi yoritayotganidan dalolatdir.

Boshqa xabarlar