KUBOK O'ZBEKISTONDA QOLDI!

157

O'zbekiston sog'liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan Sog'liqni saqlash vazirligi tomonidan ilk bor tashkil etilgan musobaqada MDHga a`zo davlatlar: Rossiya, Belarus, Ukraina, Qozog'iston, Qirg'iziston, Tojikiston hamda O'zbekistondan ikkita jamoa g'oliblik uchun bahs olib borishdi.

Qariyb bir hafta davomida do'stona ruhdagi qizg'in va murosasiz o'yinlar bo'lib o'tdi.
Kuni kecha musobaqaning 3-o'rini uchun maydonga tushgan Qozog'iston va Belarus terma jamoa­lari o'yini asosiy vaqti durang (2:2) bilan yakunlandi. Penaltilar seriyasida esa omad Qozog'is­ton terma jamoasiga kulib boqdi.
Finalda to'p surgan O'zbekis­ton-1 hamda Tojikiston terma jamoalari o'yinini FIFA referisi Ravshan Ermatov boshchiligidagi hakamlar guruhi boshqardi.
Shiddatli va murosasiz kechgan o'yinda O'zbekiston-1 jamoa­­si raqib darvozasiga javobsiz to'rtta to'p kiritib, yakunda chempion­likni tantana qildi (4:0).
Mazkur xalqaro turnirni kuzatib borgan Giyom Gassend (Jahon tibbiyot xodimlari o'rtasidagi olimpiada o'yinlari – «Medigames» xalqaro tashkiloti bosh menejeri) ham musobaqa saviyasini yuqori baholab, alohida e`tirof etdi.
– Mamlakatimiz shifokorlaridan tuzilgan futbol jamoasi bir necha yildan beri mazkur soha vakillari o'rtasida o'tkazilayotgan jahon chempionatlarida muvaffaqiyatli qatnashib kelmoqda, – dey­di Sog'liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi raisi Farhod Xanapiyaev. – «Doctors Community Cup – Tashkent – 2019» xalqaro turnirida munosib ishtirok etish uchun terma jamoaning tarkibi qayta shakllantirildi. Munosib nomzodlarni saralash maqsadida mamlakatimiz bo'ylab o'tkazilgan to'rt bosqichli musobaqa va o'quv-mashg'ulot yig'inlarida 300 nafarga yaqin shifokor orasidan 26 nafar eng kuchli havaskor futbolchi saralab olindi. Guvohi bo'lganingizdek, jamoa biz kutgan natijani ko'rsata oldi.
Tadbir doirasida «Tibbiyot va sportda innovasiyalar» mavzusidagi ilmiy-amaliy seminar, ishtirokchi jamoalar a`zolarining Samarqand va Toshkent shaharlariga sayohati ham tashkil etilib, bu o'zaro tajriba almashish va mamlakatimizning turizm salohiyatini namoyish etish imkonini yaratdi.

amov boshchiligidagi hakamlar guruhi boshqardi.

Ziyodbek ISMOILOV,
«Ishonch»

Boshqa xabarlar