Mehnat muhofazasiga kim mas`ul

211


Toshkent viloyati kasaba uyushma tashkilotlari birlashmasi kengashi Yangiyo'l tumanidagi 5-musiqa va san`at maktabida «Xavfsizlik, salomatlik va kelajakdagi mehnat» mavzusida o'quv-seminar uyushtirdi.

Tadbirda Yangiyo'l shahar, Yangiyo'l va Chinoz tumanlaridagi korxona, tashkilotlarning mehnat muhofazasi nozirlari, mehnat muhofazasi yuklatilgan mas`ul xodimlar, kasaba uyushma qo'mitalari raislari, kasaba uyushma qoshidagi yoshlar birlashmalari raislari qatnashdi.

Toshkent viloyati tibbiy-ijtimoiy ekspertiza  inspeksiyasi ekspert-fitiziatori Gulchehra Bekjonova «Mehnatda jabrlangan xodimlarga nogironlikni belgilash tartibi to'g'risida», Toshkent viloyati  Bandlik Bosh boshqarmasi davlat texnik inspektori Akmal Abduvohidov «Ishlab chiqarish jarayonida baxtsiz hodisalarni va kasb kasalliklarining oldini olish to'g'risida»gi ma`ruzalari bilan ishtirok etdi. 

 Tadbirda ishlab chiqarish korxonalarida mehnat muhofazasi va xavfsizligini ta`minlash, ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug'urta qilish va uning ahamiyati, mehnatda jabrlangan xodimlarga mehnat qobiliyatini yo'qotganlik darajasini belgilash tartiblari, zarar to'lovlarini olish huquqiga ega shaxslar va boquvchisini yo'qotgan shaxslarga zarar to'lovlarni to'lash tartiblari, mehnat qonunchiligi va tizimdagi korxonalarda mehnat munosabatlarini tartibga solish to'g'risida tushuntirishlar berildi. Barcha savollarga malakali mutaxassislar tomonidan batafsil javoblar berildi.

Seminar yakunida Toshkent viloyati kasaba uyushma tashkilotlari birlashmasi kengashining mehnat muhofazasi bo'limi mudiri F.Nafasov, Birlashma kengashining yoshlar masalalari bo'yi­­cha rais maslahatchisi Sh.Ahmedova tomonidan kasaba uyushmalari tizimidagi korxona va tashkilotlarda xodimlarning mehnat, ijtimoiy-iqtisodiy va huquqiy manfaatlarini himoya qilish borasida yaxshi natijalarga erishilgani, sog'lom va xavfsiz mehnat sharoitlarini yaratishda, ish beruvchi bilan ijtimoiy hamkorlik yo'lga qo'yganligi ta`kidlandi.

Davronbek ORIPOV,

                                            «Ishonch»

Boshqa xabarlar