KORXONADA — SPARTAKIADA

51


Kimyo va farmasevtika sanoati xodimlari kasaba uyushmasi tizimidagi “Farg'onaazot” AJ kasaba uyushma qo'mitasi tomonidan korxonada faoliyat ko'rsatayotgan ishchi-xodimlar o'rtasida “Sport —  salomatlik garovi” shiori ostida shaxmat, shashka, stol tennisi, voleybol va mini-futbol turlari bo'yicha spartakiada musobaqalari o'tkazildi.

Qizg'in va murosasiz kechgan bahslarning shaxmat sport turida erkaklar o'rtasida AS-72M sexi apparatchisi Doston Usmonov, ayollar o'rtasida Mochevina ishlab chiqarish sexi yetakchi muhandisi Zarina Samatova 1-o'rinni egalladi.  

         Sportning shashka turida erkaklar o'rtasida Mochevina ishlab chiqarish sexi yuk tashuvchisi Lochin Sultonov, ayollar o'rtasida Elektr ta`minoti sexi smena boshlig'i Tatyana Shvedenko,         stol tennisi turi bo'yicha erkaklar o'rtasida Elektr ta`minoti sexi yetakchi muhandisi Haydarali Qosimov, ayollar o'rtasida elektromontyor Dilnoza Parpieva, voleybol turi bo'yicha erkaklar o'rtasida Mexanik ta`mirlash sexi, ayollar o'rtasida Mochevina ishlab chiqarish sexi 1-o'rinni egalladi.

         Mini-futbol turi bo'yicha 1-o'rin zavod boshqaruviga nasib etdi.

G'oliblarga kasaba uyushma qo'mitasi tomonidan qimmatbaho sovg'alar topshirildi.

Shavkat TOIROV,

Kimyo va farmasevtika sanoati xodimlari

kasaba uyushmasi Respublika kengashi raisining

 yoshlar masalalari bo'yicha maslahatchisi

Boshqa xabarlar