Siz uchun eng qadrlisi – HAYoT

206


Sirdaryo viloyati  Boyovut  tumani  xotin-qizlar   qo'mitasi   tashabbusi   bilan  o'tkazilgan  psixologik   suhbatlar   xulosasi  shunday   bo'ldi. 

O'smir  yoshdagi  qizlar,  ularning   ota – onalari,  ustozlari  ushbu  seminarlar   ishtirokchisi   bo'lishdi.  Tumanning   4  ta  mahalla   hududida   tashkil  etilgan  suhbatlarga  Respublika  Psixologlar  assosasiyasi  viseprizedenti  Mirsharof  Sodiqov,   falsafa   fanlar   nomzodi,  psixolog   Gulsanam  Tillaevalar  taklif   etildi.  Unda  umrning   tezligi,  faqatgina    oldinga maqsad   qo'yish   bilan   hayotimiz   yaratuvchisiga   aylanishimiz   mumkinligi  haqida gapirildi. 

– Aqliy  salohiyat  jismoniy   etuklikka   yetishmasa,   xatolar   boshlanadi, – dedi  Mirsharof   Sodiqov. – O'smirlik  inqirozi  boshlanmasidan  katta   maqsadlar  qo'yishga   ulguring.  Oilada  doimiy  ravishda  o'zaro  suhbatlashishni  yo'lga  qo'yish,  bo'sh  vaqtni  to'g'ri  taqsimlash  bilan  inqirozni  chetlab  o'tish   mumkin.

Psixolog  Gulsanam   Tillaeva  barchaga “Siz  uchun  eng   qadrli  narsa  nima?” degan    savol  bilan  yuzlandi.  Yig'ilganlar  tinchlik, shukronalik,  sog'liq. Baxt,  ota- ona mehri,  farzand  kabi  javoblarni  berishdi.  Ular  orasida  9  sinf  o'quvchisining  “Hayot”  degan  javobi  to'g'ri  deb  topildi. 

– Tinglovchilarimdan  qoniqdim.  O'smir  yoshlar,  ayollarning  o'z  joniga   qasd  qilish  holatlarining oldini  olish   mavzusida  seminar   o'tishimni  so'rashgan  edi, –  deydi  ruhshunos  G.Tillaeva.  – Deyarli  “jonga  qasd”  so'zini  ishlatmasdan  maqsadimga  erishdim.  Biz  biri  birimizni  tushundik.  Sababi   savolimga   to'g'ri  javob    topgan   ishtirokchining  auditoriyada  borligi  bo'ldi.   Faolliklaridan  ko'nglim  to'ldi. 

Tumanning  2-umumta`lim  maktab  binosida  o'tkazilgan   suhbatda  maktab  o'quvchi  qizlari  orasida  “Dildan  suhbat”  klubini  ochish  taklifi  berildi.  Bunda  a`zolar  yuzma  yuz  o'tirgan  holda barcha   gaplarni  aytish  muolajasi  bilan   to'g'ri  hayot  tarziga  erishadilar.  Klubga  a`zo  bo'lishlik  yagona  sharti  sirni  saqlay  olishdir.

– To'garakni  o'zim  nazoratga  olaman,   klub  uchrashuviga   qatnashib,  kitoblarimni sovg'a   qilaman, – dedi  psixolog  G.Tillaeva. 

Shuningdek,  maktab  psixologlari  bilan  uchrashib,  mahallalarda  psixologik   xizmatni  yo'lga  qo'yish   va   bu  orqali  hududlarda   ro'y  berayotgan   noxush  holatlar  oldini  olish  maslahati  berildi.  

Ozoda  MAMADALIEVA,

“Ishonch” muxbiri

Boshqa xabarlar