PORLOQ KELAJAK UChUN IShLASh

117

Samarqand shahridagi
Yoshlar markazida “Tez o'zgaruvchan mehnat sohasi: muammo va yechimlar”  mavzusidagi milliy konferensiya bo'lib o'tmoqda.

Xalqaro mehnat
tashkiloti tashkil topganligining yuz yilligi oldidan o'tkazilayotgan anjumanda
mazkur tashkilotning Mehnat sohasi istiqboli masalalari bo'yicha global
komissiyasining “Porloq kelajak uchun ishlash” nomli ma`ruzasi muhokama etilishi
ko'zda tutilgan. Unda Xalqaro mehnat tashkiloti vakillari, vazirlik, idoralar, ish
beruvchi tashkilotlar va kasaba uyushmalari vakillari ishtirok etmoqda.

Konferensiyani
O'zbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasi kengashi raisi o'rinbosari Baxtiyor
Mahmadaliev ochib, mamlakatimizda mehnat munosabatlaridagi tub o'zgarishlar,
munosib mehnat sharoiti yaratilishi, majburiy mehnatga qarshi amalga oshirilgan
ishlarga to'xtalib o'tdi.

Shundan so'ng, XMTning
mehnatkashlar faoliyati bo'yicha byurosi (AKTRAV) direktori o'rinbosari Anna Biondi,
XMTning mehnatkashlar faoliyati bo'yicha byurosi (AKTRAV)ning Yevropa va Markaziy
Osiyo sektori mudiri Sergeyus Glovaskas, ushbu tashkilotning Sharqiy Yevropa va
Markaziy Osiyo mamlakatlari Byurosining mehnatkashlar faoliyati bo'yicha mutaxassisi
Gocha Aleksandriya, XMTning “O'zbekistonda munosib mehnat bo'yicha mamlakat dasturi
amalga oshirilishiga ko'maklashish” loyihasi katta texnik maslahatchisi Anton Xauzenlar
mehnat sohasi istiqboli bo'yicha global komissiyasining ma`ruzasida istiqbolga
ta`sir ko'rsatuvchi omillar, istiqbolli g'oyalarni ilgari surish va amalga oshirishda
mintaqaviy faoliyat, O'zbekistonda munosib mehnat dasturi doirasida amalga
oshirilgan ishlar xususida so'z yuritishdi.

    Ayni paytda mehnat sohasini rivojlantirishda
ustuvor vazifalar, ijtimoiy sherikchilikka asoslangan kelishuvlar va bitimlar
ijrosi, xalqaro hamkorlik doirasida ishlab chiqilgan “Yo'l xaritasi”ning asosiy
jihatlari va  shunga o'xshash bir qator
dolzarb masalalar muhokama etilmoqda.

Nurilla ShAMSIEV,

“Ishonch” muxbiri

Boshqa xabarlar