MEHNATDA HAM HAYoTDA HAM HAMKORMIZ

131

O'zbekiston
va Tojikiston kasaba uyushmalari Federasiyalari o'rtasida Hamkorlik bitimi
imzolangan tarixiy kun ko'pchilikning yodida bo'lsa kerak. Ayni chog'da mazkur muhim hujjatda
qayd etilgan asosiy tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan aniq qo'shma tadbirlar
ishlab chiqilib, ularning ijrosi yuzasidan muayyan ishlar amalga oshirilmoqda.

    Samarqand anjumanida bizning
mamlakatimizdan ham bir qator tarmoq kasaba uyushmalarining vakillari ishtirok
etishmoqda. Seminarning asosini ko'hna mavzu munosib mehnat – munosib hayotga asos
ekanligi  tashkil etmoqda. Ana shunday
anjumanni tashkil etgan qardosh o'zbekistonlik barcha hamkasblarimga o'z
minnatdorligimni bildiraman.

      Nigora
NAZAROVA,

Tojikiston Respublikasi mustaqil kasaba uyushmalari
Federasiyasi raisining birinchi o'rinbosari

Boshqa xabarlar