Ayollar huquqlari kafolati

120

Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi Xotin-qizlar komissiyasi tizimdagi vazirlik, idora va kompaniyalar hamda Toshkent shahrida joylashgan yirik boshlang'ich kasaba uyushma tashkilotlari xotin-qizlari uchun o'quv-anjuman tashkil etdi.

Xotin-qizlarning ma`naviy, siyosiy va huquqiy bilimlarini oshirishga bag'ishlangan tadbirda malakali mutaxassislar Birlashgan Millatlar Tashkilotining «Xotin-qizlar huquqlari kamsitilishining barcha shakllariga barham berish to'g'risida»gi konvensiyaning mazmun-mohiyatini ochib berdi.
Unda gender tenglik, bu atamaning mazmuni hamda uning tamoyillariga amal qilish kundalik hayotda, ijtimoiy, siyosiy va iqtisodiy sohalarda ijobiy natijalarga erishishda muhim omil bo'layotgani qayd etildi.
Yig'ilishda jamoa kelishuvlari va jamoa shartnomalari haqida ham so'z bordi. Bu borada kasaba uyushmalari amalga oshirgan ishlar tahlil etildi hamda kelgusidagi vazifalar belgilab olindi.
Tadbir davomida ishlovchi ayollar uchun psixolog maslahatlari va tavsiyalaridan o'rin olgan mashg'ulotlar o'tkazildi.

Komila BOYMURODOVA,
«Ishonch» muxbiri

Boshqa xabarlar