Vazifalar belgilab olindi

29

Kimyo va farmasevtika sanoati xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashining Rayosat yig'ilishi bo'lib o'tdi.

Unda tarmoq kasaba uyushmasining «Faol investisiyalar va ijtimoiy rivoj­lanish yili» Davlat dasturi ijrosini ta`minlash bo'yi­­cha amalga oshirayotgan ishlari atroflicha tahlil etildi. Nodavlat sektordagi korxona, tashkilot va muassasalarda kasaba uyushma tashkilotlarini tuzish, bu orqali ularda mehnat qilayotgan xodimlar ijtimoiy himoyasini ta`minlash, mehnat muhofazasi sohasidagi profilaktika ishlarini kuchaytirish, kasaba uyushmalari tizimida jamoatchilik bilan aloqalarni mustahkamlash yo'nalishlaridagi vazifalar yig'ilish ishtirokchilarining diqqat markazida bo'ldi.
Amalda bo'lgan jamoa kelishuvlari va shartnomalari ijtimoiy tarkibiy qismining sezilarli darajada kuchaytirilishi natijasida mazkur lokal hujjatlar orqali xodimlar va ularning oila a`zolari uchun qo'shimcha imtiyozlar ko'lami va ijtimoiy himoya tadbirlariga yo'naltirilayotgan mablag' miqdorining yildan-yilga ortib borayotgani qayd etildi.
Yig'ilishda mehnat munosabatlari sohasida me`yoriy-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqishda kasaba uyushmalarining ishtiroki, ijtimoiy sheriklik, bandlik, ish haqi, ijtimoiy himoya, yoshlar va xotin-qizlarni har tomonlama qo'llab-quvvatlash, mehnatkashlar va ularning oila a`zolarini sog'lomlashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, bu borada kasaba uyushmalari oldida turgan galdagi vazifalarga alohida e`tibor qaratildi.
Rayosatda muhokama etilgan barcha masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.

Muhayyo XOLBOEVA,
Kimyo va farmasevtika sanoati xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashining
tashkiliy ishlar bo'yicha
bosh mutaxassisi

Boshqa xabarlar