“MARD O'G'LON” ChEMPION…MI?

142


Yakkabog' tumanida tug'ilib o'sgan Abdimalik Abdisalimov o'tgan yili Prezidentimiz farmoniga ko'ra, “Mard o'g'lon” mukofotiga loyiq ko'rilgandi.

Ko'plab respublika va xalqaro musobaqalarda muvaffaqiyat qozongan “Mard o'g'lon” navbatdagi g'alabasini yurtdoshlarimizga armug'on etdi.

Maqolani to'liq quyida o'qing.

ABDIMALIK – OLTIN MEDAL SOHIBI

Shri-Lankaning Kalutara shahrida 8 yoshdan 18 yoshgacha bo'lgan shaxmatchilar o'rtasida navbatdagi Osiyo chempionati yakunlandi.

Ushbu nufuzli musobaqada mamlakatimiz terma jamoasi a`zolari ham munosib ishtirok etib, yakunda 5 ta oltin, 2 ta kumush va 1 ta bronza medalni qo'lga kiritdi. E`tiborli tomoni, ular orasida viloyatimiz vakili Abdimalik Abdisalimov ham bor.

Abdimalik 16 yoshdan 18 yoshgacha bo'lgan o'g'il bolalar o'rtasida o'tkazilgan bahslarda ishtirok etib, o'zining ishonchli o'yini bilan barcha raqiblarini ortda qoldirdi. Ayniqsa, so'nggi tur bahsida Hindiston vakilini oq donalarda mag'lub etgach, 7 ochko jamg'arishga erishdi. Bu uning Osiyo chempionligini qo'lga kiritishi uchun yetarli bo'ldi.

Shuningdek, qit`a birinchiligida o'z yosh toifalarida Umida   Omonova, Ruqiya Olimova, Afruza Hamdamova va Humoyun Bekmuratov ham vatanimiz sharafini munosib himoya qilib, yurtimizga medallar bilan qaytishgan.

Kecha yosh shaxmatchilarimiz   Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida tantanali kutib olindi.

J.BOYMURODOV

“Qashqadaryo” gazetasi

2019 yil 12 aprel, 30-son.

Boshqa xabarlar