OQTOMLIKLAR ARIQDAN SUV IChAVERSINMI,JANOB HOKIM?

93

Suv
hayot – manbai. Insonning tirikligini suvsiz tasavvur qilib bo'lmaydi. Toza
ichimlik suvining esaodamlar
salomatliginita`minlash borasida
o'rni muhim. Jizzax viloyatining G'allaorol tumanida «Oqtom» mahallasi bo'lib, bu yerda
5 ming 700 nafarga yaqin aholi istiqomat qiladi. Ular ariq suvidan-da
ifloslangan suvni ichishga majbur. Davlatimiz tomonidan qishloq aholisi turmushini
farovon qilish yo'lida misli ko'rilmagan ishlar olib borilayotgan bir paytda mazkur
mahalla fuqarolarining shu zaylda kun ko'rishi mahalliy hokimiyat vakillarini
befarq qoldirayotgani ajablanarli hol. Jurnalist Bekpo'lat Tog'aevning maqolasi sizni ham befarq
qoldirmaydi degan fikrdamiz.

Maqolani
to'liq quyida o'qing.

OQTOMLIKLAR IChADIGAN SUVDAN ARIQ SUVI TOZAROQ

G'allaorol — Jizzax viloyatidagi
eng katta tumanlardan. 102 ta qishloqni birlashtirga
n tuman aholisi tarqoq joylashgani bois
hudud infratuzilmasi rivojida jiddiy muammolar ko'p. Jumladan, oqtomliklar
tarkibida 24 xil zararli moddalar bo'lgan suvni iste`mol qilishga majbur. Qizig'i,
oddiy ariq suvi undan tozaroq.

Qishloq odamlarining kuyinganicha bor — ko'p
yillardan buyon ushbu hududga toza ichimlik suvini keltirish bo'yicha biron harakat
qilinmagan. Shunday bo'lsa-da, ertangi kundan umidvor aholi kun kelib, qishloqqa
toza suv quvurlari tortilishiga ishonadi. Xo'sh, bu orzu-umidlar qachon amalga
oshadi?

«O'zing
uchun o'l yetim»

G'allaorol — Baxmal yo'lining har ikki
tarafida joylashgan «Oqtom» mahallasida 5 ming 700 nafarga yaqin aholi istiqomat
qiladi. Ushbu mahalla o'ramidagi Boylarovul, Jarg'oq, O'rtatepa, Yangiqo'rg'on,
Oltiqishloq va Sherqangli qishloqlari aholisi uzoq yillardan buyon «O'zing uchun o'l
etim» maqoliga amal qilib, muammo va kamchiliklarni bartaraf etishga urinmoqda.

— Biz tashqi dunyodan ajralib qolgandekmiz,
— 
deydi
«Oqtom» mahallasidan 85 yoshli Botir ota Qodirov.
 — Butun umr shu yurt, xalq xizmatida
bo'ldim. Haydovchilik ortidan birovning uzog'ini yaqin, og'irini yengil qilishga
intildim. Prezidentimiz qishloq aholisining turmush sharoitini yaxshilash, qishloq
bilan shahar o'rtasidagi tafovutni yo'qotish borasida ko'p ta`kidlamoqda. Biroq bu
gaplar hali biz tomonlarga yetib kelganicha yo'q.  Ichimlik suvi, ichki yo'llar
muammosi xususida murojaat qilmagan tashkilotimiz qolmadi. Choyxona — men kabi
445 nafar faxriyning necha yilik orzusi.

Yig'in mas`ul kotibi J.Azimovning
ta`kidlashicha, aholi bandligini ta`minlash  eng qiynayotgan
muammolardan.  Shu bois bugun kim, qaerdan, qanday ish topsa, amal-taqal
ro'zg'or tebratmoqda. Ayni paytda 156 nafar fuqaro Rossiya Federasiyasiga ish izlab
ketgan. Ularning faqatgina 70 nafari bandlikka ko'maklashish markazi orqali
shartnoma asosida ishga jo'natilgan. Bundan tashqari, 2 ming 896 nafar ayoldan 197
nafarigina mehnat bilan ta`minlangan.

135 ta
xonadon egalari yer osti suvini ichadi

Bir necha yillar davomida qishloq aholisini
toza ichimlik suvi bilan ta`minlash dasturi  alohida e`tiborda. Shunga
qaramasdan mahalla tasarrufidagi qishloqlardan  birontasiga toza ichimlik
suvi kirib bormagan. 29-umumta`lim maktabining artezian qudug'idan Jarg'oq
qishlog'idagi sanoqli xonadonlargina  suv oladi.

— Bir paytlar barcha qishloqlarimizda
artezian quduqlari bo'lgan, — 
deydi yig'in raisi Sattor Xolbekov. — Nasoslar o'z vaqtida ta`mirlanmagani bois
quduqlar yaroqsiz holga kelib qoldi. Keyin aholi o'z bilganicha ish tutdi: kimdir
quduq qazib, kimdir yerga  quvur qoqib hovlisidan suv chiqarib olgan.
Birgina Sherqangli qishlog'ida 192 ta xonadon bo'lsa, ulardan 135 tasida ana shunday
quduqlar bor. Mutaxassislarning fikricha, yer qa`ridan 50 metrdan ziyod
chuqurlikdan  olinadigan suv iste`molga yaroqli sanaladi. Mahalladoshlarimiz
kovlagan quduqlarning chuqurligi esa 10-12 metrdan oshmaydi.

Bu suvni
mutlaqo ichib bo'lmaydi

Mutasaddilar hudud aholisi iste`mol
qilayotgan obihayot iste`molga yaroqsiz ekanidan xabardor. Shunday bo'lsa-da,
muammoni hal etish uchun biror amaliy ish qilingani yo'q.

— O'tgan yili xonadonimdagi qo'lbola
«pishgak»dan 2 shisha, ko'chadan oqib o'tayotgan ariqdan 2 shisha suv olib, laboratoriya
tekshiruvidan o'tkazdik, — 
deydi S.Xolbekov. — Natijada hovlimdan chiqqan suvda 24 turdagi, ariqdan
olingan suvning tarkibida esa 22 turdagi zararli bo'lgan moddalar, har xil
tuzlar borligi ma`lum bo'ldi. Nega biz bunday suvni ichishimiz kerak?

Odamlar
va`dabozlikdan charchashdi

Yig'in raisi S.Xolbekovning ta`kidlashicha,
Sherqangli va Boy­ovul qishloqlari toza ichimlik suvi bilan ta`minlash bo'yicha
Davlat dasturiga kirgan. Yil oxirigacha har ikkala qishloq aholisi obihayot bilan
ta`minlanadi. Ammo odamlar bunday va`dalarga ishonmaydi. Chunki ular
va`dabozlikdan charchashgan.

Sirasini aytganda, «Oqtom» mahallasi
muammolarining cheki ham, chegarasi ham yo'qdek. Yuzaga kelgan kamchiliklarning bir
qismini mahalla raisi, uning faollari kuchi bilan bartaraf etsa bo'lar. Buning
uchun bor imkoniyatlardan yanada samarali foydalanish, aholini mudroq uyqudan
uyg'otmoq kerak. Biroq mahallada shunday muammolar ham borki, uni davlat
hokimiyati boshqaruvi organlarining ko'magisiz yechishning iloji yo'q. Endi G'allaorol
tumani hokimligidagi mutasaddilar bu haqda jiddiyroq o'ylab ko'rishlari kerak.

«Mahalla»
muxbiri 

Bekpo'lat
TOG'AEV

 tayyorladi.

2019 yil 11-18 aprel, 18-son

«Mahalla» gazetasi

Boshqa xabarlar