SAMARQAND SAYoHATI MAROQLI O'TDI

87

 “Sog'lom avlod uchun” fondi “Ona Vatan tarixi” shiori ostida Chirchiq shahridagi 14-sonli hamda Bo'ka tumanidagi 15-sonli “Mehribonlik uyi”ning 50 nafar tarbiyalanuvchining Samarqand shahriga sayohatini tashkil etdi. Bolajonlar tarixiy qadamjolardan Registon maydoni, Samarqand tarixi muzeyi, Go'ri Amir maqbarasi, Shoxi Zinda ansambli bilan tanishishdi. Sayohat ularda Vatanga muhabbat va milliy g'urur tuyg'usini shakllantirish, buyuk bobolarimizdan qolgan meroslarni asrab-avaylash, ibrat olish zarurligini his etishlariga turtki bo'ldi.

Boshqa xabarlar