ShAFFOFLIKKA ASOSLANIB…

18


O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligida davlat va xo'jalik boshqaruvi organlari axborot xizmatlari faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan “Axborot xizmatlari faoliyatiga oid nazariy va amaliy aspektlar” mavzusida ikki kunlik o'quv-seminar tashkil etildi.

Davlat va xo'jalik organlari axborot xizmatlari tomonidan sifatli axborot va tahliliy materiallarni tizimli va tezkor ravishda tayyorlash, mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyatini sodda tilda tushuntirish bugunning dolzarb vazifalaridan biri bo'lib qolmoqda. Tadbirda ushbu o'quv-seminar belgilangan vazifalarni samarali amalga oshirishda o'ziga xos metodik yordam bo'lib xizmat qilishi alohida ta`kidlandi. Davlat va xo'jalik boshqaruvi sohasida ochiqlik va shaffoflikka asoslangan samarali qarorlar qabul qilish tizimini joriy etish, axborot olishda mansabdor shaxslarning jamiyat oldidagi hisobdorligi, ochiqligi va mas`uliyatini oshirish zarurligi qayd etildi.

O'quv-seminar davomida 50 dan ortiq davlat boshqaruvi idoralarining 70 nafarga yaqin axborot xizmat xodimlari OAV bilan o'zaro samarali hamkorlik qilish, ular uchun axborot materiallarini tayyorlash kabi yo'nalishlarda bilimlarini oshirish imkoniyatiga ega bo'ldilar. Davlat va xo'jalik boshqaruvi organlarida axborot ishining o'ziga xos jihatlari, axborot xizmatlarining asosiy maqsad va vazifalari, turli OAV bilan ishlash prinsiplarini muhokama qilish, press-reliz tayyorlash qoidalari, matbuot anjumani va brifinglar o'tkazish kabi qator muhim masalalar bo'yicha nazariy bilimlarini mustahkamladilar. Shuningdek, “Axborot xizmatlari faoliyatiga doir qonunchilik: milliy va xorijiy tajriba”, “Tashkilot faoliyatida uchraydigan steriotiplar. Ularni buzishda OAV roli”, “Inqirozli holatlarni modellashtirish: OAV va axborot xizmatlari o'rtasidagi hamkorlik qanday amalga oshiriladi?” kabi bir qator mavzularda mashg'ulotlarda qatnashib, kelgusidagi faoliyat uchun zarur axborotlarga ega bo'ldilar.

Muqaddas RAZZOQOVA,

“Ishonch”  muxbiri

Boshqa xabarlar