MAVSUM MUVAFFAQIYaTLI BOShLANDI

58

Poytaxt yaqinidagi Bo'zsuv kanalida slalom eshkak eshish bo'yicha  yil musobaqalarining ochilish mavsumiga bag'ishlangan respublika turniri bo'lib o'tdi.

Musobaqada
kasaba uyushmasiga qarashli Respublika ixtisoslashtirilgan kompleks bolalar va o'smirlar
sport maktabi sportchilari Alibek Temirgaliev kanoe maxsus slalom bo'yicha 1-o'rinni,
Abubakir Bukanov 3-o'rinni, kayak bo'yicha Janibek Temirgaliev 3-o'rinni egalladi.
Shuningdek, jamoaviy bahslarda Shahobiddin Boltaboev hamda Ramil Kirpichev
muvaffaqiyatli ishtirok etdi, tez tushish bo'yicha esa Raufxon Nigmatovga 1-o'rin
nasib qildi.

—Ushbu musobaqa biz slalomchilar uchun
saralash vazifasini o'tab berdi, — deydi Alibek Temirgaliev. — Oldimizda yana
ko'plab turnirlar bor. Ularda ham munosib qatnashib, olimpiada o'yinlari uchun
zurur ochkolarni jamg'arib borishni rejalashtirganman.

***

Yaqinda
slalomda eshkak eshish buyicha O'zbekiston chempionatiga ham start berildi. Musobaqada
kasaba uyushmasiga qarashli Respublika ixtisoslashtirilgan kompleks bolalar va o'smirlar
sport maktabi sportchilari Alibek Temirgaliev maxsus slalom kanoe bo'yicha 1 o'rinni,
Abubakir Bukanov maxsus slalom  kanoe bo'yicha
3 o'rinni qo'lga kiritdi. Shuningdek, Jonibek Temirgaliev maxsus slalom kayak bo'yicha
oltin medal sohibiga aylandi.

  

KUMUShXON YaNA G'OLIB

Joriy yilning
3 aprelida Chirchiq shahrida og'ir atletika bo'yicha kattalar o'rtasida O'zbekiston chempionati
o'z nihoyasiga yetdi. Quvonarlisi, ushbu musobaqada kasaba uyushmasiga qarashli
Respublika ixtisoslashtirilgan kompleks bolalar va o'smirlar sport maktabi
sportchilarining qo'li baland keldi.

Muassasa
tarbiyalanuvchisi, jahon chempioni Kumushxon Fayzullaeva (64 kg. vazn toifasida) dast
ko'tarishda 90 kg,
siltab ko'tarishda 115 kg.
natijalarini qayd etib, oltin medal sohibiga aylandi.

Shuningdek,
Doston Yoqubov (73 kg.)
dast ko'tarishda 144 kg,
siltab ko'tarishda 182kg, Muattar Nabieva (59 kg.) dast ko'tarishda 95 kg. siltab ko'tarishda 117 kg, Ro'zimurod Aslanov (55 kg.) dast ko'tarishda 100 kg, siltab ko'tarishda 120 kg, Dolera Davronova (87 kg.) dast ko'tarishda 93 kg, siltab ko'tarishda 129 kg. natijalarni qayd qilib,
shohsupaning birinchi pog'onasini band etishdi.

    Davronbek ORIPOV,

“Ishonch”

Boshqa xabarlar