Qozog'iston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jomart Toqaevning O'zbekistonda Qozog'iston yili ochilishiga bag'ishlangan marosimdagi nutqi

33

Assalomu aleykum!

Hurmatli va aziz o'zbek qardoshlar!

Asa qұrmettі, Shavkat Miromonovich, jeke Өzіңіzge jәne Өzbekstan xalqыna jыlы shыraymen qarsы alыp, qonaqjaylыq kөrsetkenderіңіz үshіn zor alg'ыs aytamыn. 
«Qazaq pen өzbektің bazarы da bіr, mazarы da bіr» dep babalarыmыz beker aytpag'an. 
Ekі xalыqtың tіlі de, dіnі de, tag'dыrы da, tarixы da bіrtұtas. 
Xalqlarimiz Markaziy Osiyodagi ko'hna va buyuk tamaddun vorislaridir. 
Biz ko'plab muhim sinovlarni birgalikda yengib, ajdodlarimiz an`analari, qadriyatlari va madaniy-ma`naviy merosini saqlab qoldik. 
Qozog'iston bilan O'zbekiston o'rtasidagi strategik sheriklik va samarali hamkorlik ushbu tarixiy do'stlikning mantiqiy davomidir. 
Keyingi yillarda qardosh va do'st mamlakatlarimizning siyosiy, iqtisodiy, gumanitar aloqalari yanada yuksak bosqichga ko'tarildi. 
Chegaradosh hududlar hamkorligi mustahkamlanib bormoqda, tovar ayirboshlash hajmi muttasil ortmoqda. 
Shuni qat`iy ishonch bilan ta`kidlashim mumkinki, bugungi kunda Qozog'iston – O'zbekiston munosabatlarida muammoli masalalar mavjud emas. Aksincha, do'stlik va hamkorlikni mustahkamlashga o'zaro intilish mavjud. 
Qozoq xalqi azaldan qardoshlik va do'stlik rishtalariga sodiq, yaxshi qo'shnichilikni qadrlaydi. 
Biz doimo o'zbeklarni o'zimizga qonu qardosh bilganmiz va shunday hisoblashda davom etamiz. 
O'zbek xalqi ham bizga nisbatan shunday iliq tuyg'ular tuyayotgani bizga yaxshi ma`lum. 
Qardosh xalqlarimizni yagona taqdir va umumiy kelajak bog'lab turadi. 
Biz asarlari O'zbekistonda diqqat bilan o'rganiladigan ajdodimiz Xo'ja Ahmad Yassaviy bilan faxrlanamiz. 
Qozoq huquqi ijodkorlari – ikki buyuk biy – To'lebiy va Oytekebiy O'zbekistonda mangu qo'nim topgan. 
Biz Toshkentga alohida iliq munosabatdamiz, zero atoqli qozoq ziyolilarining hayoti va faoliyati shu shahar bilan bog'langan. 
Qozoq madaniyatini qo'llab-quvvatlayotgani uchun O'zbekiston rahbariyatidan minnatdormiz. 
Shavkat Miromonovich Mirziyoevning “Buyuk qozoq shoiri va mutafakkiri Abay Qo'nonboev ijodiy merosini keng o'rganish va targ'ib qilish to'g'risida”gi qarorida ko'zda tutilgan keng ko'lamli chora-tadbirlar uchun minnatdorlik bildiraman. 
Ulug' Abay biz, qozoqlarni qardosh o'zbek xalqidan uning ezgu fazilatlari, ayniqsa, kamtarlik va mehnatsevarlikni o'rganishga chaqirgan edi. 
Qozog'istonda muqim yashayotgan o'zbeklar o'z ma`naviy, ijtimoiy ehtiyojlarini to'liq qondira olishlari uchun barcha ishlarni qilmoqdamiz. 
Mamlakatimizda deyarli barcha hududlarda ochilgan o'nlab o'zbek etnomadaniyat markazlari faoliyat yuritmoqda. 
Qozog'istonda o'zbek tili media sohasi, ta`lim tizimi, madaniy hayotda qo'llanilmoqda. Ikkita o'zbek teatri tomoshabinlar o'rtasida muvaffaqiyat qozongan. 
Mamlakatingizda doimiy ravishda yashab kelayotgan qozoqlarga ko'rsatilayotgan g'amxo'rlik uchun O'zbekiston rahbariyatidan minnatdormiz. 
Hurmatli do'stlar! 
Biz haqiqatdan tarixiy voqealar guvohi va ishtirokchisimiz. Jahon siyosiy xaritasi o'zgarib, unda davlatlarimiz munosib o'rin egalladi. 
Markaziy Osiyo mintaqasining muvaffaqiyatli iqtisodiy taraqqiyoti, barqarorligi va xavfsizligi ko'p jihatdan Qozog'iston bilan O'zbekistonning yaqin hamkorligi va o'zaro muvofiqlashgan sa`y-harakatlariga bog'liq. 
Qozog'iston Respublikasining Birinchi Prezidenti – Elboshi Nursulton Nazarboev va muhtaram Prezident Shavkat Mirziyoevning sa`y-harakatlari tufayli Qozog'iston – O'zbekiston munosabatlari haqiqiy yuksalish davrini boshdan kechirmoqda. 
Qozog'istonda o'tgan O'zbekiston yili yaqin aloqalarimizni mustahkamlashga xizmat qildi. 
Uning doirasida 200 dan ziyod qo'shma tadbirlar o'tkazildi, ular orasida Chimkentda bo'lib o'tgan birinchi Hududlararo forum alohida o'rin egalladi. 
Ikki tomonlama tovar ayirboshlashni 5 milliard dollarga yetkazishdan iborat maqsadimiz sari izchil harakat qilmoqdamiz. 
O'zaro transport qatnovini faollashtirish borasida ish olib borilmoqda. 
Mamlakatlarimiz tranzit-logistika infratuzilmasini rivojlantirish Yevropa va Osiyo bozorlariga chiqish uchun katta imkoniyatlar yaratmoqda. 
Aziz o'zbekistonlik do'stlar! 
O'zbekistonda Qozog'iston yili nafaqat ikki tomonlama munosabatlarimizda, balki butun Markaziy Osiyoda o'zaro anglashuv va ishonch muhitini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etuvchi o'ziga xos ulkan voqeadir. 
Men mamlakatlarimizning nafaqat turkiy, balki butun jahon madaniyati durdonasi bo'lgan bosh ma`naviy va tarixiy markazlarini o'zaro bog'lashni taklif etaman. 
Turkiston, Samarqand va Buxoro shaharlarini bir yo'nalish orqali tutashtirgan holda turizm klasterini ochish mumkin, deb hisoblayman. 
Qadіrlі bauыrlar! 
Ұlы Abaydың «Tatulыqtan artыq joldas joq» degen qanattы sөzі bar. 
Qazaq pen өzbektің quanыshы da, mұңы da, maqsat-mұratы da bіr. 
Ajdodlarimiz vasiyat qilgan qozoq va o'zbek xalqlarining do'stligi va hamjihatligini asrab-avaylash – umumiy burchimiz. 
Өzbekstandag'ы Qazaqstan jыlыn ashыq dep jariyalaymыn! 
O'zbekistonda Qozog'iston yilini ochiq, deb e`lon qilaman!

Boshqa xabarlar