YaDRO UChIB ChIQDI

81

O'zbekiston Fanlar akademiyasi va Birlashgan kasaba uyushma qo'mitasi tomonidan an`anaviy “Akademiada-2019”musobaqasi tashkil etildi.

“Faol investisiyalar va ijtimoiy
rivojlanish yili”
Davlat dasturida belgilangan
vazifalarni amalga oshirish hamda Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan tizimda
faoliyat yuritayotgan yosh olimlar, ishchi-xodimlarni jismoniy tarbiya va sportga keng
jalb etish, salomatligini mustahkamlash maqsadida mini futbol bo'yicha o'tkazilgan musobaqada
24 ta jamoa o'zaro kuch sinashdi.

Qizg'in kechgan o'yinlar
natijasiga ko'ra, Yadro fizikasi instituti 1-, Fanlar akademiyasining Qoraqalpog'iston
bo'limi 2-, Materialshunoslik instituti jamoasi 3-o'rinlarga munosib topildi.

G'olib jamoalar diplom, medal
va pul mukofotlari bilan takdirlandi. 10 nafar mohir o'yinchiga faxriy yorliq va qimmatbaho
sovg'alar topshirildi.

– O'tgan yili guruhdan chiqolmagan
edik, – deydi Fanlar akademiyasining Qoraqalpog'iston bo'limi ish yurituvchisi
Ko'baysin Matjanov. – Bu yil yaxshi natija ko'rsatdik. Raqib jamoaga penaltilar seriyasidagina
boy berdik. Nasib etsa, keyingi safar albatta g'olib bo'lamiz. 

Kezi kelganda ta`kidlash kerakki,
ayni paytda stol tennisi, shaxmat va akademkross sport turlari bo'yicha saralash
bosqichi davom etmoqda. Ushbu sport turlari bo'yicha musobaqalarning final bosqichi 20
aprel kuni O'zbekiston Fanlar akademiyasining Toshkent  Botanika bog'ida o'tkaziladi.

Salim ABDURAHMONOV

Boshqa xabarlar