Yosh bankirlar bellashuvi

17

«Faol investisiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili» Davlat dasturi doirasida Camarqand viloyatidagi yosh bank xodimlari o'rtasida kasbiy mahorat tanlovi o'tkazildi.
Bir necha bosqichli musobaqada «Eng iqtidorli yosh bank xodimi – 2019» ko'rik-tanlovi g'olibi aniqlandi.
Samarqand shahridagi yoshlar markazida uyushtirilgan tadbirda Markaziy bank viloyat bosh boshqarmasi hamda 18 ta tijorat bankining 30 yoshgacha bo'lgan iqtidorli yosh xodimlari ishtirok etdi. Yoshlar savol-javob, kalit so'zlar yordamida mantiqiy jumlalar tuzish hamda erkin mavzu shartlari bo'yicha o'z bilimlarini sinovdan o'tkazishdi.
Bilim va iqtidor bellashuvida «Asia Alliance bank» ATBning Samarqand filiali xodimi Jahongir Do'stbekov gran-pri sovriniga sazovor bo'ldi. Markaziy bank viloyat bosh boshqarmasi xodimi Behro'z Xudoyorov birinchi o'rin sohibi deb topildi.
Musobaqa g'oliblariga O'zbekiston Res­publikasi Prezidenti huzuridagi davlat boshqaruvi akademiyasi, Markaziy bank, O'zbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasi, O'zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi hamda Samarqand viloyati hokimligining sovg'alari topshirildi.

Feruza QILIChEVA,
Davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi Samarqand shahar kengashi raisi

Boshqa xabarlar