“TANQID HECh KIMGA HAM YoQMAYDI. AMMO…”

247

“Hurriyat”
muxbiri O'zbekiston Milliy axborot agentligi — O'zA
bosh direktori Abdusaid KO'ChIMOV bilan tashkilot
faoliyati, bugungi o'zbek matbuotidagi o'zgarishlar,
jurnalist mas`uliyati, jamiyatimizdagi ulkan yangilanishlar bilan bir qatorda
ayrim muammolar xususida suhbatlashdi.

—        Abdusaid aka, suhbatimiz avvalida O'zA
faoliyati haqida qisqacha to'xtalib o'tsangiz?

        Har bir mustaqil davlatda boshqa
ommaviy axborot vositalari qatorida uning rasmiy
axborot agentligi ham bo'ladi. Masalan, Xitoyda
“Sinxua”, Turkiyada “Onado'li” yoki Qozog'istonda
“Kazinform” kabi. O'zbekiston Milliy axborot agentligi O'zbekiston
Respublikasining markaziy davlat axborot agentligi bo'lib, uning axborot sohasidagi
faoliyati respublika va xorijiy mamlakatlarning keng doiradagi o'quvchilariga
mo'ljallangan. O'zA O'zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisi, O'zbekiston Respublikasi
Prezidenti, Vazirlar Mahkamasining mamlakat ichki
va tashqi siyosatidagi eng muhim masalalarga taalluqli
rasmiy hujjatlarini, bayonot va axborotlarini tarqatadi.
O'z faoliyatida O'zbekiston Respublikasi
Konstitu­siyasi va qonunlariga, Prezident farmonlari va qarorlariga,
Vazirlar Mahkamasining qarorlari va
farmoyishlariga, mamlakatimiz ishtirok etadigan ommaviy axborot vositalariga doir
xalqqaro shartnomalarga, boshqa hujjatlarga
amal qiladi. Agentlik 1992 yil 5 fevralda sobiq sho'rolar
tuzumi davridagi TASSning O'zbekistondagi bo'limi
— O'zTAG negizida tashkil etilgan.

Bu tashkilot uzoq yillar mobaynida rasmiy idora tarzida faoliyat ko'rsatgan. Keyingi yillarda jurnalistlarimiz hayotning ichiga kirish, odamlarni qiziqtirayotgan masalalarni ko'tarish, ularning o'y-tashvishlarini mat­buotga olib chiqish, Prezident qarorlarining joylardagi ijrosi bo'yicha ham tahliliy-tanqidiy materiallarni keskin ko'paytirdi. Bu — katta o'zgarishlarning boshlanishi.

—        O'zA
ijodiy faoliyatidagi bunday
o'zgarishlar e`tiborga
molik, albatta. Ammo Agentlik faoliyatini bugungi kun talabi darajasida yanada jonlantirish
uchun yana nimalar
qilinishi kerak, deb o'ylaysiz?

        Yillar
davomida bitta yo'lda yurgan poezd o'rniga zamonaviy tez
yurarini qo'yish uchun avvalo temir yo'l relslarini almashtirish
zarur bo'ladi. Keyin, yangi yo'lda, misol uchun, “Afro­siyob”ni
yurgizish uchun malakali muhandislar, mutaxassislar
kerak. Bizda ham shunga yaqin holat
mavjud. Islohotlar davom etmoqda. Yangi davrga
moslashayapmiz. Odam to'qishib-to'qnashib
voyaga yetgani kabi asta-asta yo'l topishga intilayapmiz.
Jurnalistlarimiz  bugun istalgan mavzuda
yozayapti. Kecha aytolmagan haqiqatlarni
aytayapti, yolg'onning qo'li qisqarib
borayapti. Veb-saytimizni mamlakatimizdagi ancha tanilgan saytlar qatorida,
deyish mumkin. Tanlov asosida yangi kadrlar ishga olinmoqda.

Hamma sohada
bo'lgani kabi O'zAda ham
iste`dodli jurnalistlarga ehtiyoj juda katta.
Iste`dodlar esa har qadamda uchramaydi.
Iste`dod — noyob hodisa. Ularni topish, asrash, tarbiyalash
kerak. Ammo iste`dodsizlar ham hech
qachon qo'l qovushtirib
o'tirmaydi. Ulardan birdaniga qutulishning iloji yo'q.

—        Lekin
O'zA haqida
“monopol axborot tar
qatuvchi”, degan qarashlar
ham yo'q emas. Umuman, tanqidga
munosabatingiz, aytaylik, Sizni tan
qid qilishsa,
qanday qabul qilasiz?
Axir, t
o'g'ri gap tuqqaningga
ham yoqmaydi, deyishadi…

        Shu
savolingizga javobni aynan “tanqid” masalasidan
boshlasam. Ha, albatta, tanqid, ya`ni, hatto
o'rinli bo'lsa ham,
achchiq bo'ladi. Tanqidni
ko'tarish oson emas. U hech kimga ham
sariyog'day yoqmaydi. Ammo bobolarimiz
bekordan-bekorga tanqid — kelajakning mevasi,
deyishmagan. Tanqidning o'zi achchiq,
mevasi shirin. Tanqіidni hurmat qilish,
yoqmasa ham qabul
qilish kerak. Aslida tanqiddan emas, maqtovdan
qochgan yutadi. Negaki, o'rinli tanqiddan
ko'ra, noo'rin, soxta maqtov
xavfliroqdir. Ardoqli shoirimiz Abdulla
Oripov: “Bir mahallar otar edik, osar edik, Endi bo'lsa,
maqtab-maqtab o'ldiramiz”
deganida qancha ma`no borligini bir o'ylab ko'ring.
Tanqidni mensimaslik va maqtovga mahliyo
bo'lish ko'pincha nafaqat
bir odamning, balki butun boshli tashkilotning ham oyog'iga
bolta urishi mumkin. Tanqidga bepisandlik yoki
e`tiborsizlik turg'unlikni paydo qiladi. Ko'tar-ko'tar,
ura-ura va hokazolar urchiydi. Natijada yasamalik, yolg'onchilik
minbarni egallaydi. Bu jamiyat rivoji yo'lidagi g'ovdir.

Monopoliya masalasiga kelsak, O'zA
O'zbekistondagi informasiya bozorining “bozorqo'mi”
emas, u rasmiy ma`lumot va xabarlarnigina tarqatadi. Buni O'zAning
o'zi yaratgan emas yoki kimdandir talab qilib,
tortib ham olgani yo'q. Bu hukumat
qarori bilan rasman e`tirof etilgan va mazkur tashkilotga
vazifa sifatida yuklangan.  Umuman, hozirgi
zamonda axborot tarqatishda monopolist bo'lish  ancha qiyin. Yer yuzining u
burchidagi yangilik bir zumda bu burchiga yetib boradi. Informasiya g'ij-g'ij,
bir-biridan ko'p. O'zimizda ham,
misol uchun, davlatimiz rahbari bir joyga safarga
boradigan bo'lsa, O'zAdan oldin boshqa
veb-saytlar xabar bera boshlaydi. To'g'ri, ba`zan ular tarqatayotgan
axborotlarda aniqlik yetishmaydi yoki biroz shoshma-shosharlik holatlari
uchrab turadi. Demoqchimanki, bugun bir tashkilotning axborotni
monopoliya qilishi uchun ehtiyoj yo'q.
O'zAni shu yo'nalishda tanqid
qilayotganlar haqidagi
fikrimni bilmoqchi bo'lsangiz, bu ba`zi
axborotlarni o'z vaqtida topolmaslikdan,
ayrim ma`lumotlarni olishda ularda tajriba yetishmasligidan bo'lishi
mumkin. U yog'ini so'rasangiz, O'zAning
o'zi ham gohida
boshqa saytlardan ma`lumot olib turadi. Xulosa shuki, bugun
jurnalistman deganga ko'cha to'la
axborot. Kerak-nokeragini tanlash bu — boshqa masala.

—        Bugungi
kunda ayrim xususiy nashrlar va ijtimoiy tarmo
qlarda ba`zan kurakda
turmaydigan axborotlar,
hatto har
xil mish-mishlarning
ham e`lon qilib
yuborilayotganiga guvo
h bo'lib
turibmiz. Bu erkin jamiyat va erkin matbuotda uchraydigan
holatmi
yo didsizlik?

        O'zini ommaviy axborot vositasiga aloqdorman
deb hisoblagan har qanday
gazeta-jurnal, teleradio kanal, veb-sayt, u norasmiy yoki rasmiy manba bo'ladimi,
davlat yoki nodavlat tashkiloti bo'ladimi, mish-mishning
ortidan ergashsa, mish-mish bilan obro' topaman desa, yutqazadi.
Ikkinchidan, tegishli manbaa­lar tomonidan tasdiqlanmagan, hozirgi
zamon tili bilan aytganda, feyk — yolg'on axborotlarni tarqatish
— qonunga zid! Afsuski, bunday holatlarda ko'riladigan
choralar hali qonunchiligimizda adog'igacha
o'z ifodasini topgan emas.

Shu o'rinda o'zimizga
savol beraylik: nima uchun sifatsiz mahsulot chiqargan
yoki kimgadir zarar yetkazgan odam javobgar bo'ladi? Vaholanki,
u bitta odamga ziyon yetkazgan bo'lishi mumkin. Yolg'on,
noto'g'ri axborot-chi? U bir necha yuzlab, hatto minglab insonlarning
xayolini chalg'itadi. Bu, menimcha, kichkina ayb emas. Informasiya, so'z
— bu otilgan o'q. Uni qaytarib bo'lmaydi,
u tekkan jo­yini, albatta, jarohatlaydi. Mish-mish xabar
undan-da battarroq oqi­batlarga olib borishi
mumkin. Qan­cha odamlarda shubha-gumon uyg'otadi,
ularni bezovta qiladi. Buyam buzg'unchilik. Har
xil buzg'unchi “ta`limot”lar singari osoyishtaligimizga tahdid
soladi. 

Bir mahallar, yoshligimizda, biz ham
ko'chadagi gaplarni hazil-huzul
qilib gapirib yurgan paytlarimizda ustozlarimizdan biri
davlat, hukumat shunday keng qamrovli, tafakkurli bog'bonki,
bog'ining qaeriga qanday
daraxt ekishni, qaeriga qaysi gulni o'tqazishni
yaxshi biladi. Sizlar bunday narsalarga boshlaringni qotirib, o'zlaringni
ovora qilmanglar, derdilar. Bu gaplarning masalaga to'g'ridan-to'g'ri
aloqasi bor. Misol uchun, falonchi u yoqqa o'tibdi,
pismadonchi bu yoqqa o'tar ekan, mana bu idora
bunga qo'shilibdi yoki ajralibdi degan gaplar bu bekorchilikdan yoki
kimningdir topshirig'i bilan, qaysidir odamning
manfaatini ko'zlab yoinki kimningdir obro'sini to'kish,
kimgadir sun`iy obro' keltirish niyati bilan qilingan
“majburiyat” bo'lishi mumkin. Endi shu o'rinda yana bitta gap: hamma
bilgan gapni takrorlash aksioma deyiladi. Hozir men aytgan so'zlar
ham shunday. Ya`niki, haligiday noma`qul
ishlar bilan shug'ullanadigan va o'ziga soxta obro'
orttirmoqchi
bo'lganlar iloji boricha tezroq bunday nomaqbul
yo'ldan qaytsalar, o'ziga
ham, jamiyatga ham yaxshilik qilgan
bo'ladi.

To'g'ri, odam qavmiga
mansub zot borki, hamisha mish-mishlarga qiziqadi.
Lekin bari-bir, matbuot minbari —  muqaddas.
Unda aytilayotgan so'z, yozilayotgan har bir jumla xolis, G'arazdan
yiroq bo'lishi shart. Har
xil isbotsiz, betayin “dedi-dedi”lar, “ko'cha”dagi gaplar OAVda
e`lon qilinishi achinarli holat. Lekin, fikr­lar
xilma-xilligi, xolis so'zning o'rni
matbuotning bezagi bo'lishi joiz.

—        Rivojlangan
mamlakatlardagi OAVda shu kunning dolzarb mavzulariga oid turli debatlar, mu
hokamalar
o'tkaziladi. Ammo bizda bunday ko'rinishlar
juda kam k
o'zga tashlanadi…

        Savolingizga
tushundim. Biz ayni paytda jamiyatimizda bir holatdan ikkinchi holatga
o'tayapmiz. Bundan ikki-uch yil oldingi, boringki, siz so'rayotgan
“debatlar”ni bir eslaylik. Maqtash, kim-kimdan oshirib
olqishlash musobaqasini eslatuvchi bunday
“bahs”­lashuvlarni debat deb bo'larmidi. Bilishimcha, o'ta
muhim bir masalaga majlis-mashvaratlar, muhokama-muzokaralar
yo'li bilan yechim izlash debat deyiladi. Kimdir aqlliligini,
kimdir bilimdonligini ko'z-ko'z qilmoqchi
bo'lsa, kimdir boshqalarni chalg'itmoqchi,
yana birov kerosin sepib lovullatuvchi bo'lsa-chi? Ba`zi
davlatlarning telekanallarida tez-tez ko'ramiz, odamlar
mushtlashuvgacha boradi. Bu nima? Yoki demokratiyasi shumi? Hali-hanuz
demokratiya deyilguvchi “avliyo”ning qiyofasini hech
kim chizib bergan emas. Har bir demokratiyaning
tagida esa biror shaxs, guruh yoki davlatning manfaati
yotishi — ayon haqiqat.
Debat qachonki, ma`rifatli, mazmunli bo'lsa, o'tkir
muammolar yechimiga yo'naltirilsagina, maqsadga
muvofiqdir. Mamlakatimizga xalqning qaddini
ko'tarib, boshini qovushtirib, adolatning
barqarorligini ta`minlashga xizmat qiluvchi debatlar kerak.

—        Sizningcha,
jurnalistlarimizning xorijlik il
g'or hamkasblaridan
o'rganishi kerak bo'lgan jihatlar
nimalarda k
o'rinadi?

        Nazarimda, dunyodagi hamma jurnalistlar bir-biridan o'rganishi kerak. Ziyoli, malakali kasb­doshlarning bir-biri bilan yelkadosh bo'lib, birga ishlashi hech kimga ziyon yetkazmaydi. To'g'ri, ayrim kishilar xorijda ishlaydigan jurnalistlar bizdan kir qidiradi, deyishadi. Bundayam jon bor, shundaylar ham yo'q emas. Ammo burga­ga achchiq qilib, ko'rpani yoqadigan darajada sodda emasmiz, Xudoga shukr. Unaqalardan qo'rqishga hojat yo'q. Yurtboshimizning o'zlari muammolarimizniyam, kamchiliklarimizniyam yashirmay, ochiq-oydin aytib turibdilar. Nafaqat aytib turibdilar, nega tanqidiy-tahliliy materiallar yozmayapsizlar, deb qayta-qayta so'rayaptilar. Shunday ekan, xorijliklar bilan bemalol, bexavotir, baqamti hamkorlik qilish mumkin, deb o'ylayman. Masalan, biz “Amerika ovozi” bilan hamkorlik qilyapmiz. Uning muxbiri Navbahor Imomova O'zbekistonda bo'layotgan o'zgarishlar haqida jahon matbuotida ibratli maqolalar bermoqda. “Ozodlik”, “Bi-bi-si” bilan munosabatlarimiz yaxshilanayapti. Umuman, boshqalarga dushman deb qarash fikridan yiroq bo'lishimiz kerak. Ming-minglab rishtalar orqali boshqa davlatlar bilan bog'langanmiz, katta dunyo bilan bir qayiqdamiz. Xudo ko'rsatmasin, ham­soyangning uyini suv bossa, xotirjam yashash mumkinmi? Bir-birimizdan o'rganishimiz, yurtimizga kelayotgan OAV vakillariga esa kasbdosh deb qarashimiz lozim. Xalqimiz behuda “Mehr mehrni tug'diradi” demaydi. Maboda, izzatini bilmaydiganlar uchrab qolsa, qo'limizda qalam bor, ma`rifat bilan javob beraylik.

—        Jamiyatimizda
uchrab turadigan muammolar, aytaylik, tanish-bilishchilik, pora­x
o'rlik
kabi illatlardan
halos bo'lishda
matbuotning
o'rni nechog'lik
a
hamiyatga ega?

        Aytishlaricha,
Amir Temur bobomiz davrida shunday qoida bo'lgan
ekan: Sohibqiron noxolis ish tutgan, o'g'rilik
qilgan yoki ana shunday salbiy ishlarga yo'l qo'ygan
hudud hokimini qattiq
jazolagan. Shuning uchun o'sha davrda jinoyatchilik
kam bo'lgan ekan.

Biz hozir aynan shu yo'ldan
borayapmiz. Prezidentimiz har bir sohada
adolat tamoyillari ustuvor bo'lishini qattiq
talab qilmoqda. Kamchiliklarga,
jumladan, o'g'rilik, korrupsiyaga yo'l qo'yilgan
joylarda jinoyatchilar qatorida hudud
amaldorlari ham javob bermoqda. Chunki, oshna-og'aynigarchilik,
qarindosh-urug'chilik korrupsiyani
keltirib chiqaruvchi, unga zamin yaratuvchi illatlardir. Hayotda
to'rtta yaxshi odam bo'lsa, bitta manfaatlar
girdobiga tushib qolgan, e`tiqodi g'arib,
oriyatsiz kimsa ham, afsuski, topiladi. Odamzotki bor
ekan, bu g'urbat ham unga soya kabi
ergashadi. Bu illatni faqat jazolash vositasi  bilan daf qilish qiyin.
Shunday bo'lganida, masalan, Xitoy allaqachonlar jinoyatchilardan qutulgan
bo'lardi. Yaxshi bilasiz, Xitoyda poraxo'rlar otiladi, osiladi…

Demakki, illatlardan qutulish uchun jazolash
barobarida tarbiyaga e`tiborni kuchaytirishimiz — katta miqyosda
fikr yuritadigan, ilmi, tafakkuri chuqur, ruhiy
poyoni cheksiz, iymon-e`tiqodli, ijtimoiy adolat
tarafdorlari safini kengaytirishimiz, shunday diyonatli avlodni tarbiyalashimiz
darkor. Shunda jinoyatchilar, korrupsionerlar kamayadi, jamiyat yuksaladi, tozaradi.

Davlatimiz rahbari Bosh qomusimizning
26 yilligiga bag'ishlangan tantanali marosimdagi
ma`ruzasida e`tiborni eng ko'p qaratgan
masala ham shu mavzu bo'ldi. Korrupsiyaga yo'l qo'ygan,
unga qarshi kurashmagan davlat xalq­ning ishonchini yo'qotadi.  Mamlakat shu qusurdan qancha
tez holi bo'lsa, u shuncha tez
rivojlanadi, degan talabni qayta-qayta
ta`kidladi Prezidentimiz.

Hukumatimizning qalam
ahliga ko'rsatayotgan tahsinga
loyiq g'am­xo'rliklarini
hamma jurnalistlar ko'rib turibdi. Shunday
ekan, bu e`tibor qalam ahlini jamiyatimizdagi har
qanday illatlarga qarshi shijoat ko'rsatib
ishlashga, o'z vazifasiga yanada mas`uliyat bilan yondashishga undashi zarur. Buning
uchun jasorat va sadoqat bilan mehnat
qilish kerak. Bu gaplarni aslo ko'tarinki yoki
“xaybarakalla” gaplar uchun aytayotganim yo'q. Matbuot nafaqat
jamiyat ko'zgusi, kerak bo'lsa, jamiyatning jonkuyar
shifokori bo'lishi darkor.

A. JUMAEV

suhbatlashdi.

Manba: “HURRIYAT” gazetasi

Boshqa xabarlar