SPORT YoSh TANLAMAYDI

124


Toshloq tuman tibbiyot birlashmasida xodimlar o'rtasida sog'lom turmush tarzini targ'ib qilish va ularni sportga keng jalb qilish maqsadida tashkil etilgan sport musobaqasida shifokorlar, hamshiralar va kichik tibbiyot xodimlari ishtirok etdi.

Ishtirokchilar sportning yugurish, xalqa aylantirish, shaxmat, shashka, voleybol turlari bo'yicha epchillik va chaqqonliklarini namoyish etib, g'oliblik uchun kurash olib bordilar.

Yakuniy natijaga ko'ra, voleybolda tibbiyot birlashmasining Markaziy poliklinika jamoasi, xalqa aylantirishda DSENM xodimi Sitora O'rinboeva, yugurishda bolalar bo'limi hamshirasi Ma`mura Mirahmedova, shaxmatda Tez tibbiy yordam bo'limi hamshirasi Muattar Mamatova, shashkada terapiya hamshirasi Lolaxon Kamolova g'oliblikka erishdilar.

– Yoshim 60 ga qarab ketyapti. Ko'z tegmasin shu yoshga kirib, biror marta kasal bo'lib shifoxonada yotmaganman, – deydi musobaqaning eng yoshi katta ishtirokchisi  Munavvarxon Muhiddinova. – Albatta, sog'lom va bardam bo'lishning muhim omillaridan biri sport bilan doimiy shug'ullanib kelaman. Qolaversa, bu kabi musobaqalarning o'tkazilishi biz, shifokorlarning sog'ligimizni mustahkamlashi barobarida, foydali ish koeffisientining keskin oshishida ham o'z samarasini beradi. 

G'oliblar Toshloq tuman tibbiyot birlashmasi ma`muriyati va kasaba uyushma qo'mitasining esdalik sovg'alari bilan taqdirlandi. 

Farida MIRZAAHMEDOVA,

Toshloq tuman tibbiyot birlashmasi

kasaba uyushma qo'mita raisi

Boshqa xabarlar