TIBBIYoT XODIMLARI BELLAShDI

64

Buvayda tuman tibbiyot birlashmasida mehnat qilayotgan xotin-qizlar o'rtasida “Sport mustahkam oilamiz poydevori” spartakiadasi o'tkazildi. Voleybol, yugurish, halqa aylantirish, shaxmat, shashka bo'yicha tashkil etilgan musabaqalarda 100 nafardan ortiq tibbiyot xodimlari ishtirok etdi.  

Qiziqarli va murosasiz kechgan bahslarda aql gimnastikasida 1-o'rin tuman
tibbiyot birlashmasi kadrlar bo'limi xodimi Muslimaxon Mirzaalievaga, shashkada g'oliblik
kadrlar bo'limi noziri Muyassarxon Hasanovaga, yugurish musobaqasida birinchilik
barchani ortda qoldirgan jonlantirish bo'limi hamshirasi Mavludaxon Umrzoqovaga
nasib etdi. Halqa aylantirish bahsida esa tez yordam bo'limi hamshirasi Dilbarxon Qazoqovaga
teng keladigan raqib topilmadi. Voleybol musobaqasida esa “Chaqmoq” jamoasi
etakchiligini isbotladi.

– Bugun yurtimizda xotin-qizlar sportini
rivojlantirishga qaratilayotgan e`tibor samarasi tufayli sport bilan shug'ullanuvchi
opa-singillarimiz safi yildan-yilga oshib bormoqda. Ayniqsa, bu jarayonda kasaba
uyushma tashkilotlarining o'rni alohida. Qolaversa, mana shunday musobaqalarning
tashkil etilishi ishchi-xodimlarning sportga bo'lgan qiziqishini oshirib, sog'lom
turmush tarzi targ'ibotida katta o'rin tutadi, – deydi Sog'liqni saqlash xodimlari
kasaba uyushmasi Respublika kengashining Farg'ona viloyati bo'yicha mas`ul
tashkilotchisi Shohidaxon Karimova.

Spartakiada yakunida barcha g'olib va ishtirokchilarga kasaba uyushmalarining diplom hamda esdalik sovg'alari topshirildi. 

Saidaxon ABDULLAEVA,

Buvayda tuman
tibbiyot birlashmasi

kasaba uyushma qo'mitasi
raisi

Boshqa xabarlar