Ham jiddiy, ham qiziqarli

113

I.Saviskiy nomidagi Qoraqalpoq davlat san`at muzeyi majlislar zalida tashkil etilgan davra suhbati doirasida ishlab chiqaruv korxonalari xodimlari uchun maxsus ­kiyim-bosh, poyabzal hamda shaxsiy himoya va gigienik vositalar jamlanmasi qo'yilgan ko'rgazma tashkil etildi.

Ta`kidlanganidek, XMT Konvensiyalari ijrosini ta`minlashga to'liq amal qilib kelayotgan respublikamizda mehnatkashlarga munosib hamda xavfsiz mehnat sharoitlarini yaratib berish borasidagi sa`y-harakatlar ko'lami yil sayin kengayib borayotir. Ijtimoiy sheriklik va o'zaro hamkorlik qilishning shakl hamda uslublarini takomillashtirishda Qoraqalpog'iston Res­publikasi Vazirlar Kengashi, Qoraqalpog'is­ton kasaba uyushma tashkilotlari birlashmasi kengashi hamda O'zbekiston Savdo-sanoat palatasi hududiy boshqarmasi o'rtasida 2017-2019 yillar uchun imzolangan Hududiy kelishuv qo'l kelmoqda.
Bugun respublikada noqulay sharoitda mehnat qilayotgan xodimlar yuqori tarif stavkasida belgilangan ish haqi, qisqartirilgan ish kuni, qo'shimcha mehnat ta`tili, imtiyozli tibbiy yordam, oziq-ovqatlar va pensiyalar bilan ta`minlangan.
Davra suhbatida birlashma kengashi mehnatni muhofaza qilish bo'limi mudiri B.Utepbergenov tashkil etgan «Mehnatga oid huquqingizni bilasizmi?» mavzuidagi zukkolar o'yini bahs-munozaralarga boy bo'ldi. G'oliblar esa birlashma kengashining maxsus sovg'alari bilan mukofotlandi.
Tadbirda mehnat muhofazasi bo'yicha yo'l-yo'riqlar, sog'lom va munosib mehnatni targ'ib etish hamda himoya qilish, zararli hamda xavfli mehnatda band xodimlar, ayniqsa, ayollar bilan o'n sakkiz yoshga to'lmagan shaxs­larning mehnat munosabatlarini tartibga solish, fuqarolarni tibbiy ko'rikdan o'tkazish, mehnatda mayib bo'lgan yoki kasb kasalligiga chalinganlarning mehnatga layoqati yo'qolish darajasini aniqlash, nogironlikka olib keladigan asosiy kasalliklar, mehnatni muhofaza qilishda bajarilishi kerak bo'lgan chora-tadbirlarning manzilliligi hamda samaradorligini oshirish borasida fikr almashildi.

Boshqa xabarlar